Journal of marketing, business and management


Фойдаланилган адабиётлар рўйхати


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/34
Sana29.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1399875
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Bog'liq
167604587663e66e34c24ae63e66e34c24a91676045876 (1)

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати 
1. “Мультииндикатор кластер кузатувлари” нима ва у қандай натижа 
бермоқда. // “Халқ сўзи” газетаси. 2022 йил 22 октябрь. – 3 бет. 
2. www.globalwaterintel.com  
3. www.iwa-network.org.  


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 
Page 38 
4. 
www.oecd.org
 
5. https:// www2.deloitte.com/content/dam/Deloitte/global/Documents/Energy-
and-Resources/gx-erwatercountryprofiles.pdf. 
6. Пардаев М.Қ., О.М.Пардаева, О.М.Пардаев Иқтисодиётни стратегик 
ривожлантиришнинг инновацион моделлари. Монография. – Т.: “Fan va 
texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi”? 2022. – 228 бет. 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 
Page 39 
QISHLOQ XO‘JALIGI RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA 
RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI 
Nurmatov Norbek Jo‘rayevich
Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi resurslaridan samarali 
foydalanishda raqamlashtirishning ahamiyati va o’rni haqida fikr mulohazalar 
keltirilgan. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi resurslaridan samarali foydalanishda 
raqamlashtirishning o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab 
chiqilgan. 
Kalit so’zlar: qishloq xo’jaligi, resurslar, raqamlashtirish, samarali 
foydalanish. 
Mamlakatimizda 
raqamli 
iqtisodiyotni 
faol 
rivojlantirish, 
barcha 
tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni 
saqlash 
va 
qishloq 
xo‘jaligida 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030” 
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmonida raqamli texnologiyalar asosida mamlakatimizda 
raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish vazifasi belgilab berilgan. 
Raqamlashtirish qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ma’lumotlarini elektron 
almashish, statistik ma’lumotlarni to‘plash va ularni tahlil etish, qishloq xo‘jaligi 
subyektlari uchun dolzarb xizmatlar va ma’lumotlarni raqamli texnologiyalar 
yordamida taqdim etish, bu borada jarayonlarning shaffofligini oshirish va inson 
omilini kamaytirish choralarini ko‘rish, idoralararo qishloq xo‘jaligiga oid 
ma’lumotlarning elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Shu sababli mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini raqamlashtirishga 
alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini 
ta’minlash doirasida 2020-yil 17-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida 
raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 794-sonli qarori 
qabul qilindi. Unga ko‘ra agrar sohani raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib 
quyidagilar belgilandi: 

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan, suv resurslaridan samarali 
foydalanish va ekinlar holatininazorat qilishning idoraviy va idoralararo axborot 
tizimlarini joriy etish; 

agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni, shu 
jumladan davlat xizmatlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish; 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 
Page 40 

qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy AKTni joriy etish uchun maqsadli 
loyihalarni amalga oshirish; 

suv omborlari va sug‘orish tizimlarida suv resurslaridan foydalanishni onlayn 
rejimda nazorat qilish texnologiyalarini joriy etish; 

suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va 
suv iste’moli hisobini yuritish hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish; 

biznes-startap loyihalarni amalga oshirish va innovatsion loyihalar natijalarini 
tijoratlashtirish uchun korxonalarga ko‘maklashish. 
Ushbu qarorga ko‘ra Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni 
raqamlashtirish markazi” davlat muassasasini tashkil etish belgilab qo‘yilgan edi. 
Markaz agrosanoat majmuida “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi yuritilishi 
uchun mas’ul hisoblanadi. “Raqamli qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, ta’minotchilar hamda qayta ishlash 
tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatini 
beruvchi platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Prezidentimiz 2022-yil 18-oktabrda agrar sohadagi vazifalar muhokamasiga 
bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda “Raqamlashtirish bo‘lmasa, sohada haqqoniy 
statistika bo‘lmaydi. To‘g‘ri ma’lumot bo‘lmagach, agroxizmatlar rivojlanmaydi, 
fermerlar qachon nimani eksa, ko‘proq daromad olishini bilmaydi. Shuning uchun bu 
jarayonni tezlashtirish kerak”, - deb ta’kidladilar. Yurtboshimiz tomonidan qishloq 
xo‘jaligini raqamlashtirish sohasida yil yakunigacha 3 ta, kelgusi yilda 4 ta loyihani 
yakunlab, yer hisobi, subsidiya ajratish, ekin maydonlarini monitoring qilishni to‘liq 
raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi. 
Qishloq xo‘jaligida raqamlashtirishning mohiyati va ahamiyati haqida 
mutaxassislar va olimlar tomonidan fikrlar berib o‘tilgan. Jumladan, V.I.Belskiyning 
fikriga ko’ra, raqamli texnologiyalarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish 
ushbu sohani strategik rivojlantirishning eng muhim elementlaridan biridir. Bio va 
nanotexnologiyalar, 
genetik 
rivojlanishdan 
foydalanish, 
qishloq 
xo‘jaligi 
mahsulotlarini xaridorlarning aniq toifalariga moslashtirish qobiliyati sohaning 
raqobatbardoshligini oshirishning muhim omilidir, ammo raqamli innovatsion 
texnologiyalardan faol foydalanmasdan turib mahalliy qishloq xo‘jaligi sanoatini 
tezda yuqori texnologiyali sohaga aylantirish imkonsizdir. T.I.Espolovning fikriga 
ko‘ra esa, dunyo allaqachon ma’lumotlar, g‘oyalar va yangiliklarni o‘z ichiga olgan 
ma’lumotlar oqimlari bilan belgilanadigan raqamli globallashuv davriga qadam 
qo‘ydi. Aqlli qurilmalar tobora kichrayib, tezlashib, arzonlashib, kuchliroq bo‘lib 
bormoqda va ular muammolarni hal qilishning kalitidir [3].
Bizning 
fikrimizcha, 
qishloq 
xo‘jaligini 
raqamlashtirishning 
tarmoq 
miqyosidagi va korxonalar miqyosidagi darajalarini bir-biridan farqlash zarur (1-
rasm). Tarmoq darajasidagi raqamlashtirish quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin: 
- qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida foydalanilayotgan resurslar (yer, suv, kapital, 
mehnat) va ularning holati to‘g‘risida axborotlar tizimini yaratish; 
- tarmoqda mavjud resurslardan foydalanish holatini monitoring qilib borish; 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 4.28
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 7 (October) ISSN: 2181-3000 
Page 41 
- tarmoqda samarali boshqaruvni amalga oshirish uchun raqamli ma’lumot 
almashinuvini joriy etish. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling