Jovliyev Ulug’bek 512-19 guruh Mavzu: Turli muhitlarda akustikaning tarqalishi. Reja


Akustika quyidagi sohalarda qo’llaniladi


Download 0.87 Mb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1605822
1   2   3
Bog'liq
akustika

Akustika quyidagi sohalarda qo’llaniladi

Arxitektura akustikasi - tovushiring xonalarda tarqalishini, to‘siqlarning tovush qaytishi va so‘nishiga ta’sirini o‘rganadi. Qurilish akustikasi - akustikaning alohida yo‘nalishi bo‘lib, bino, inshootlarning tovush izolatsiyasi va shovqindan himoyalash masalalarini o‘rganadi. Qurilish akustikasi arxitektura akustikasidan ajralib chiqqan. Atmosfera akustikasi - tovushning atmosferada tarqalishini, shuningdek, atmosferani akustik usullar bilan o‘rganadi. Akustoelektronika - fan va texnikaning qattiq jism akustikasi, yarimo‘tkazgichlar ñzikasi va radioelektronika bilan tutashgan qismi. Elastik to‘lqinlarning yarimo‘tkazgichlarda kuchayishi va generatsiyalanishi, radio signallarni akustik usullar bilan o‘zgartirish va ularga ishlov berish hamda shularga mos qurilmalarni yaratish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Geoakustika - Yer qobig‘ining tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganish maqsadida unda elastik to‘lqinlarning tarqalishini (akustik va seysmik qidiruv) o‘rganadi. Gidroakustika - tovush to‘lqinlariiing daryo, dengiz, koi va suv havzalarida, asosan, suv osti lokatsiyasi va aloqasi maqsadida tarqalish, qaytish va so'nisli xususiyatlarini o'rganadi. Musiqa akustikasi - musiqashunoslik va umumiy akustika bo‘limi, musiqaning obyektiv fizik qonuniyatlarini o‘rganadigan fan. Musiqa tovushlarining chastota balandligi, davomiyligi, konsonans (musiqa tovushlarining o‘zaro ohangdoshligi, hamohangligi, uyg‘unligi) va dissonans (har xil unli bilan kelgan, lekin shu unlilardan keyingi tovushlar bir xil bo‘lgan so'zlarni qofiyalash) hodisalarini, musiqa tizimlarini, ohangdagi musiqiy tovushlarni farqlash va yodda saqlash qobiliyatini, nisbatlarini, odam va musiqa asboblari ovozini o‘rganib tadqiqot etadi, fizikaviy akustika uslublari 4 va ma’lumotlariga tayanadi. Odamning tovush chiqarish va eshitish a’zolari fiziologiyasi -va psixologiyasi bilan bog‘liq.

Fiziologik akustika - odam va hayvonlarning tovush chiqaruvchi va tovush eshituvchi a’zolarining tuzilishi va funksiyasini o‘rganadi. Elektroakustik» - turli o‘zgartirgichlarning nazariyasi, hisoblash uslublari va ularni loyihalash masalalari bilan shug‘ullanadi. Elektroakustik o‘zga.rtirgichlar elektr energiyani akustik energiyaga (elastik tebranishlar energiyasiga) va teskarisiga o‘zgartiradi. Eng ko‘p tarqalgan o‘zgartirgichlarga mikrofon va radiokarnaylar kiradi. Elektroakustika, akustika fanining bir bo‘lagi bo‘lib, radiotexnika faniga yaqinroq v a akustikaning yuqorida qayd etilgan deyarli barcha taikibiy qismlarini o‘z ichiga oladi.


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling