Jovliyev Ulug’bek 512-19 guruh Mavzu: Turli muhitlarda akustikaning tarqalishi. Reja


Download 0.87 Mb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1605822
  1   2   3
Bog'liq
akustika

Jovliyev Ulug’bek

  • 512-19 guruh
  • Mavzu: Turli muhitlarda akustikaning tarqalishi.

Reja:

Akustika - yunonchadan (akustikos) eshitish, keng ma’noda fizikaning eng past va eng yuqori (10'2+1013 Hz) chastotalargacha elastik to'lqinlarni tadqiqot qiladigan, tor ma’noda - tovushni o‘rganadigan bo‘limi hisoblanadi. Umumiy va nazariy akustika elastik to‘lqinlarning turli muhitda nurlanishi va tarqalishini hamda ularning muhit bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadi.

Tovushning tarqalishini o‘rganish uchun 1660-yilda Robert Boyl shunday tajriba o‘tkazgan. Shisha qalpoq ostiga soatni qo‘ygan. Bunda soatning chi qillab yurgan ovozi bemalol  eshitilib turgan. Shundan so‘ng qalpoq ichidagi havoni so‘rib ola boshlagan. Soatning chiqillagan ovozi pasayib, oxirida butunlay eshitilmay qolgan. Demak, tovush tarqalishi uchun muhit kerak ekan. Vakuumda tebranishni tarqatuvchi hech narsa yo‘q. Umuman, tovush qanday tarqaladi? Kamerton shoxchasi tebranganda uning yonidagi havoda siqilishlar va kengayishlar hosil bo‘ladi. So‘ngra siqilish va kengayish havo zarralari orqali atrofga tarqaladi.

Gazlarda tovushning tarqalishi. 

Gazlarda tovushning tarqalishi. 

  • Stadionlarda o‘tkazilgan katta tadbirlarda turli uzoqlikda joylashgan radiokarnaylardan chiqqan bir xil ovozlarning bir vaqtda emas, balki oldinma-ketin eshitiladi.
  • Osmonga otilgan mushaklarning oldin charaqlagani, keyin uning portlagan ovozini eshitiladi.
  • Momaqaldiroq vaqtida, chaqmoq chaqqanidan ancha keyin uning guldiragan ovozi keladi. Demak, tovushning havoda tarqalish tezligi yorug‘likning tarqalish tezligidan ancha kichik ekan. Tovushning havoda tarqalish tezligini birinchi marta 1636-yilda fransuz olimi M. Mersen o‘lchagan. Tovushning 20 °C dagi tezligi 343 m/s yoki 1235 km/h ga teng. Bu kattalik miltiq o‘qining tezligidan taxminan ikki barobar kam. Tovushning tezligi havo temperaturasi ko‘tarilishi bilan ortadi.
  • Tovush tezligi 10°C da 337,3 m/s, 0 °C da 331,5 m/s, 
  • 30 °C da 348,9 m/s va 50°C da 360,3 m/s ga teng.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling