Joytun madaniyati mil avv. Vii–V ming yilliklar
Download 0.8 Mb.
|
NEOLIT DAVRI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joytun madaniyati (mil. avv. VII–V ming yilliklar
- 30 ta uy-joy majmuasining o‘rni ochilgan. Umumiy hovlidan iborat majmua tarkibida yashash xonasi , qo‘shimcha xo‘jalik qurilishi va g‘alla saqlash uchun mo‘ljallangan o‘ralar o‘rin olgan.
NEOLIT DAVRI O‘rta Osiyoning neolit davri aholisi mahalliy hududlarning tabiiy geografik sharoiti, fauna va florasi xususiyatidan kelib chiqib, xo‘jalik shaklini tashkil etgan. Mintaqaning chekka janubi-g‘arbida xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari vujudga kelgan bo‘lsa, boshqa joylarida xo‘jalikning ilg‘or shakllariga neolit davrining oxirida o‘tilgan. O‘rta Osiyoning g‘arbida mezolit davri ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik asosida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik vujudga kelgan. Turkmanistonning janubi-g‘arbiy qismida dehqonchilik va chorvachilik, g‘arbiy qismida Sharqiy Kaspiy bo‘yi hududida chorvachilik xo‘jaligi vujudga kelgan. Joytun madaniyati (mil. avv. VII–V ming yilliklar). O‘rta Osiyoning neolit davri ilk o‘troq dehqonchilik madaniyati. Bu madaniyat Turkmanistonning janubi-g‘arbiy qismida Kopetdag va Qoraqum cho‘li oralig‘ida, qadimda o‘troq dehqonchilik xo‘jaligini yuritish uchun qulay bo‘lgan hududda vujudga kelgan. Joytun madaniyatiga oid 20 ga yaqin manzilgohlar aniqlangan. Ularning maydoni 0,2-2,0 ga dan iborat bo‘lib, madaniy qatlami 2-5,5 m ni tashkil qiladi. Joytun madaniyati manzilgohlarida paxsa va bulkasimon xom g‘ishtlardan barpo etilgan tarhi kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklli bir xonali uylar aniqlangan. Uylarning ichkarisida devor yonida oval shaklli xo‘jalik o‘chog‘i joylashgan. Uylarning sathi loy yoki ganch suvoq qilingan. Dastlabki bosqichda uylarning eshigi qamishdan to‘qilgan bo‘yra yoki teri bilan yopilgan. Joytun manzilgohi Ashgabat shahridan 30 km shimolda, qum barxani ustida joylashgan. Joytun dastlabki o‘rganilgan manzilgoh bo‘lib, neolit davriga ilk o‘troq dehqonchilik madaniyati shu nom bilan yuritiladi. Joytun manzilgohi balandligi 5,5 m dan iborat tepalikni tashkil etib, unda qalinligi 2,5 m joyda 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Manzilgohning quyi madaniy qatlamida kvadrat shaklida tartibsiz qurilgan 30 ta uy-joy majmuasining o‘rni ochilgan. Umumiy hovlidan iborat majmua tarkibida yashash xonasi, qo‘shimcha xo‘jalik qurilishi va g‘alla saqlash uchun mo‘ljallangan o‘ralar o‘rin olgan. Yashash xonalarining ko‘lami 13–39 m² ni tashkil etadi. V.M.Massonning taxminiga ko‘ra, Joytun manzilgohidagi uylarining har birida 5–6 nafar kishidan iborat juft oila a’zolari yashagan. Qishloq aholisining umumiy soni 150–180 nafar kishini tashkil etgan. Monjuqlitepa, Chagillitepa, Qadimtepa, Pessejiktepa va boshqa manzilgohlardan Joytun madaniyatining turli bosqichlariga oid. Uy- joy imoratlari takomillashib, murakkablashib borgan. Pessijiktepa va Chigillitepa manzilgohlaridan aniqlangan maydoni nisbatan kattaroq imoratlarning devori turli rang-tasvirlar bilan bezatilib, ularda yashash xonalarida uchraydigan moddiy ashyolar aniqlanmagan. Tadqiqotchi O.Berdiyev Pessijiktepa manzilgohida joylashgan ushbu inshootni Kichik Osiyoning Chatal Huyuk manzilgohida joylashgan ibodatxona bilan qiyoslab, mahalliy aholining sig‘inish joyi bo‘lgan, deb hisoblaydi. Joytun madaniyati aholisi marhumlarni manzilgoh ichkarisida, yashash xonasining ichida yoki hovlida o‘ng va chap tomoni bilan g‘ujanak yotgan holatda dafn etganlar. Marhumlar bilan birga hayotlik davrida foydalangan tosh qurollari, sopol buyumlari va boshqa narsalar qo‘shib ko‘milgan. Joytun madaniyatiga mansub aholi Yevropeoid irqining sharqiy O‘rta yer dengizi guruhiga xos qisqa va cho‘ziq yuzli – dolixokran shaklli aholi vakillari bo‘lganlar. 1 . Joytun manzilgohi o‘rin olgan joy 2.Uyning o‘rni 3. Pesejiktepa manzilgohdagi ibodatxonaning rejasi 4. Ibodatxonaning ichki ko‘rinishi Joytun madaniyati aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Dehqonchilik liman usulida sug‘orishga asoslangan bo‘lib, ekinlar bahor fasli yomg‘ir suvi bilan ikki-uch marta sug‘orilib, yiliga bir marta hosil olingan. Dehqonchilikda bir va ikki qatorli bug‘doy va arpa ekilgan. Ekin yerlariga motiga bilan ishlov berilgan. Hosil qadama – tosh o‘roq bilan o‘rib olingan. Joytun madaniyatining dastlabki bosqichda echki va qo‘y, oxirida esa ehtimol qora mol xonakilashtirilgan. Joytun madaniyatining rivojlangan bosqichda chorva mollarining soni ko‘payib, ushbu xo‘jalikning ahamiyati yanada o‘sgan. Ovchilik xo‘jaligining mavqeyi saqlanib qoladi. Jayron, qulon, yovvoyi cho‘chqa, tulki kabi yovvoyi hayvonlar ov qilingan. Mehnat qurolining asosiy qismini plastinkasimon tosh bo‘lagidan yasalgan qurollar va mikrolitlar tashkil etgan. Toshdan yasalgan bolta, tesha, yorg‘uchoq, don maydalagich va kelitoshlar ham mavjud. Suyakdan bigiz, pardozlagich va qamishdan bo‘yra to‘qishda ishlatiladigan anjomlar yasalgan. Tosh va suyakdan zeb-ziynat buyumlari, xususan, munchoq va taqinchoqlar yasagan. Chig‘anoqdan ham munchoq sifatida foydalanilgan. Sopol buyumlar qo‘lda tasmasimon usulida yasalgan. Sopollarning naqshli va naqshsiz turlari mavjud. Naqshlar och-jigar, to‘q jigar, kashtan rangli bo‘yoqlarda chizilgan. Sopollar kosa, lagancha va kubok shaklli buyumlardan iborat. Loydan turli xil haykalchalar yasalgan. Ularning antropomorf va zoomorf shakllari ajralib turadi. Antropomorf haykalchalarda ko‘proq ayollar tasviri aks ettirilgan. Joytun madaniyati jamoasi ona urug‘iga asoslangan juft oilalardan tashkiltopgan.Oilaa’zolaribirxonadaniborathovlidayashagan. Jamoaning mehnatga layoqatli barcha a’zolari yerga ishlov berish, hosilni yig‘ishtirish va umumjamoaga tegishli qurilish ishlarini birgalikda bajargan. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling