Joytun madaniyati mil avv. Vii–V ming yilliklar


Download 0.8 Mb.
bet4/7
Sana10.09.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1675138
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NEOLIT DAVRI

So‘nggi bosqichi (IV ming yillikning oxiri III ming yillikning birinchi yarmi) Lavlakon namgarchiligi davrining oxiri bosqichiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda iqlim quriqlashib, suv manbayining tortilib borishi oqibatida, tabiiy oziqa zaxirasi kamayib ketadi. Natijada ibtidoiy jamoa a’zolarning yashash sharoiti qiyinlashib boradi. Bunday iqlim o‘zgarishlari Kaltaminor madaniyati jamoasi yashash hududining qisqarib ketishiga olib kelgan. Aholining ma’lum yerda yashashi mahalliy hududning tabiiy oziq-ovqat zaxirasiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Kaltaminor madaniyatining oxirgi bosqichida hozirgi Qizilqum hududida yashagan aholi oziq-ovqat izlab, yashash joylarini doimiy o‘zgartiribturishga majbur bo‘lgan.
Sariqamish havzasidagi Tumek Kichijik qabristonida Kaltaminor madaniyatining o‘rta bosqichiga oid 30 yaqin qabrlar o‘rganilgan. Marhumlar oddiy chuqur qabrlarda, oyoq-qo‘llari cho‘zilgan holda chalqancha yotqizilib, ma’lum kuzatuv buyumlari bilan qo‘shib ko‘mil- gan. Marhumlarning ustidan oxra sepilgan. Kuzatuv buyumlari asosan ayol qabrlarida aniqlanib, ular hayvonlarning tishi va chig‘anoqdan yasalgan taqinchoqlardan iborat. Bu yerda yashagan aholi vakillari yevropeiod irqining “Sharqiy o‘rta yer” guruhiga mansub bo‘lgan.
Kaltaminor madaniyati aholisi to‘qay va cho‘l hayvonlarini ov qilish, baliqchilik va terib termachilik bilan kun kechirgan. Bu madaniyatining ikkinchi bosqichida qoramol va ehtimol echki, qo‘y xonakilashtirilgan. Oxirgi bosqichida tuya qo‘lga o‘rgatilgan.
Baliqchilik o‘zlashtiruvchi xo‘jalikning ikkinchi tarmog‘i hisoblangan. Cho‘rtan, laqqa va zo‘gora baliqlarining suyaklari Oqchadaryo o‘zanida joylashgan makonlarda ham, Zarafshonning quyi oqimidagi makonlarida ham ko‘plab uchraydi. Baliqlar suyak garpunda ovlangan. Ehtimol mikrolit garpun ham ishlatilgan bo‘lishi mumkin.
Lavlakon namgarchiligi davrida Kaltiminor madaniyati egalari yashagan hududlarda keng yaproqli o‘rmonzor va to‘qayzorni tashkil etib, mevali daraxtlarga boy bo‘lgan. Daraxt mevalari aholini yoz-kuz mavsumida oziqa bilan ta’minlagan.
Kaltaminor madaniyatining tosh qurollari chaqmoqtoshdan yasalgan turli anjomlardan iborat. Sopol buyumlari qo‘lda yasalgan. Ular soz tuproq loyiga shamot, kam hollarda xashak, maydalangan chig‘anoq yoki qum qo‘shib yasalgan. Dastlabki ikki bosqichi sopollarining tagi tuxumsimon shaklida yasalgan, keyingi bosqichida yassi tagli sopol buyumlari paydo bo‘ladi. Sopollarning sirtiga to‘lqinsimon, to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli naqshlar solinib, olovda pishirilgan.
Kaltaminor madaniyati mil. avv. III ming yillikning ikkinchi yarmida inqirozi uchraydi. Bu madaniyat tarqalgan keng hududda yashagan aholi tili, xo‘jaligi, moddiy madaniyati va diniy qarashlari yaqin bo‘lgan umumiy jamoani tashkil etgan. Ular o‘rtasida ma’lum genetik yaqinlik bo‘lgan.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling