Joytun madaniyati mil avv. Vii–V ming yilliklar


Markaziy Farg‘ona madaniyati


Download 0.8 Mb.
bet6/7
Sana10.09.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1675138
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NEOLIT DAVRI

Markaziy Farg‘ona madaniyati. Markaziy Farg‘ona cho‘lidan neolit davriga oid 80 dan ortiq makon aniqlangan. Ular Farg‘ona vodiysining shimoli-sharqiy qismida joylashgan Madiyor, Sariqsuv, Mingbuloq guruhi makonlari, janubiy qismida Zambar, Toypoq, Sigirchilik, Yangisuv guruhi makonlari, markaziy qismida esa Yangiqadam, Darozko‘l, Xonobod guruhi makonlaridan iborat. Bu makonlarda qadimgi odamlar doimiy yashamagan. Ularning hayoti mahalliy hududning tabiiy oziqa zaxirasiga bog‘liq bo‘lib, bir joyda turg‘un hayot kechirmagan.

Markaziy Farg‘ona madaniyatiga oid makonlarning uylari ham Kaltaminor madaniyatidagi kabi yerto‘la shaklida qurilgan. Ulardan topilgan tosh qurollari plastinkasimon shaklda bo‘lib, mikroplastinkalarning salmog‘i yuqori. Kam sonli geometrik shaklli (trapetsiya va sigment) mikrolit qurollarning nusxasi ham uchraydi.
Ulardan o‘roq qadamasi, kamon o‘qining uchi sifatida foydalanilgan. Kam sonli tosh quroli uchrindidan yasalgan. Ular asosan kesish, qirish va teshish maqsadida ishlatilgan qurollardir. Tosh qurollari chaqmoqtosh, slanes va qayroqtoshdan yasalgan. Topilmalar orasida toshdan yasalgan yorg‘uchoq va taqinchoqlar ham mavjud.
Markaziy Farg‘ona hududida yashagan aholi o‘zlashtiruvchi xo‘jalik asosida hayot kechirgan. Qadimgi ko‘llarning atrofi odamlarning baliqchilik va termachilik xo‘jaligini yuritishlari uchun juda qulay bo‘lgan. Mahalliy hududning o‘simlik va hayvonat dunyosiga boy tabiiy sharoiti aholining ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shakliga o‘tishi uchun ehtiyoj bo‘lmagan.
Hisor madaniyati (mil. avv. V ming yillik oxiri – III/II ming yillik) Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalarining janubiy tog‘li hududida tarqalgan neolit davri madaniyati. Tojikistonning g‘arbiy tog‘ oldi hududidan Hisor madaniyatiga oid 100 dan ortiq neolit davri makonlari aniqlagan. Ular doimiy, qisqa mudatli va mavsumiy makonlardan iborat. Hisor madaniyati aholisining doimiy yashaydigan makonlari Kofirnahar va Vaxsh vohasi hamda ularning irmoqlari atrofida joylashgan. Tog‘ oldi hududida qisqa muddatli va mavsumiy makonlar aniqlanib, ular aholining ov mavsumida vaqtincha yashagan kulbasi hisoblanadi.
Hisor madaniyati Norak shahri yaqinida Tutqovul, Dang‘ara atrofidagi Quyi Bulyon va shimoli-g‘arbiy Tojikiston hududidagi Oqtangi makonlarida yaxshi o‘rganilgan.
Hisor madaniyatiga oid mehnat qurollari asosan qayroqtosh va qisman chaqmoqtoshdan yasalgan. Ular chopper, yirik uchrindi va qo‘pol ishlanmali plastinkasimon anjomlardan iborat. So‘nggi bosqichda tosh qurolining turi ko‘payib, ularga ishlov berish usuli yanada takomillashadi. Hisor madaniyatiga oid makonlardan ikki tomoni urib ishlangan kamon o‘qining uchi, silliqlangan bolta, kelisop, havvonchalar topilgan.
Sopol buyumlari mato qolipda, tagi tuxumsimon shaklda yasalgan, sirti silliqlangan. Ayrim sopollarning ichki tomonida jundan to’qilgan mato izlari saqlanib qolgan.
Hisor madaniyatining xo‘jaligi dastlab ovchilik va termachilik bo‘lgan. Neolit davrining oxirida xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakli – chorvachilik va dehqonchilikka o‘tgan.
Hisor madaniyatining so‘nggi bosqichiga oid Tutqovul makonidan xonaki hayvonlarining suyagi topib o‘rganilgan. Quyi Bulyon, Kangurt- tut makonlarida esa o‘troq dehqonchilik xo‘jaligini yuritgan aholining yer ustida barpo etilgan uylari va moddiy ashyolar aniqlangan.
Demak, neolit davrida Tojikistonning janubi-g‘arbiy qismi va Janubiy O‘zbekistonning tog‘ va tog‘ oldi hududida tarqalgan Hisor madaniyati sohiblari dastlab ovchilik va termachilik orqali hayot kechirib, so‘nggi bosqichida ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tgan. Bu bosqichda tosh qurolining turi ko‘payib, ularning yasalish usuli takomillashgan. Hisorliklar kulolchilik, to‘qimachilik va toshga ishlov berish kabi sodda hunarmadchilik turlarini yuritgan.
Neolit davrida O‘rta Osiyoning turli tabiiy-geografik sharoitga ega bo‘lgan mahalliy hududida turli madaniyatlar faoliyat yuritgan. Ular xo‘jalik shakllari va moddiy madaniyat xususiyatiga ko‘ra umumiy hamda o‘ziga xos jihati bilan ajralib turgan.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling