Мини рассказ darslarida men 3 ishni qilaman.
1. Gaplar aytaman. Har bir gapdan keyin siz tushunganingizni bildirish uchun «Ahhhh» yo
«Ohhhh» deysiz. Bu tushunganligingizni anglatadi.
2. Siz javobini biladigan oson savollarni so‘rayman. Ularga shunchaki javob bering. Xatolar
haqida o‘ylamang. Asosiy maqsad – tezlik. Qisqa (1-2 ta so‘zdan iborat) javob bo‘lsa ham mayli.
To‘liq javoblar shart emas.
3. Men siz javobini bilmaydigan savol beraman. Shunda javobni shunchaki taxmin qilasiz.
Aniq javob bo‘lishi shart emas. Faqat javobingizni tez ayting. Eslataman, bir yoki ikkita so‘z
bilan javob bersangiz ham bo‘ladi.
O‘rganish tartibi
Chuqur o‘rganish metodidan foydalanganimiz uchun ham sistemamiz juda samarali. Har bir
darsni chuqur o‘rganishingiz kerak.
Eng zo‘r tartib quyidagicha:
*Har bir darsni 1-2 hafta yoki undan ko‘proq o‘rganing. Bitta dars – kamida bir hafta. Agar
zeriksangiz, «Мини рассказ» darslari bilan o‘yinlar qiling – har bir savolga tez-tez javob bering.
*Har kuni bitta darsning bir qismini tinglang. Kuniga kamida 2 marta, ayniqsa, «Мини
рассказ» va «Точки зрения» (ТЗ) darslarini takror-takror eshiting.
*Kamida bir soatdan tinglang. Har kuni ikki soat bo‘lsa, juda zo‘r. Kuningizni bir necha
qismga bo‘lganingiz ma’qul. Ertalab 30 daqiqa, tushda 30 daqiqa, ishga ketayotganda va
qaytayotganda 30 daqiqadan, uxlashdan avval 30 daqiqa tinglang.
*Shunchaki, dam oling! Grammatik qoidalar haqida o‘ylamang. Darslarni tinglang va
lazzatlaning.
*Darslar oson tuyulsa ham, kamida 1-2 hafta eshiting. So‘zlarni bilishingiz mumkin, lekin
ular miyangizga chuqur o‘rnashmog‘i kerak.
*Darslar qiyin bo‘lsa, shunchaki eshitishdan lazzat topishga harakat qiling. Kerak bo‘lsa, bitta
darsni 4 yoki 10 hafta davomida tinglang. Eshitishlar ko‘payib, jarayon cho‘zilib ketishidan
xavotir olmang. Bu umuman muhim emas. Asosiysi, mazza qilib tinglang va shu jarayonga
e’tiboringizni qarating. Shoshilmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |