Jumanazar Khushbakov натуральный русский
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5249364575983241099
Jumanazar Khushbakov НАТУРАЛЬНЫЙ РУССКИЙ ЯЗЫК 2 Учите русский слушая! Часть 2 Новая методика Учите русский слушая KHB system Ваш учитель в коробке! SO‘ZBOSHI Assalomu alaykum! Yangicha usuldagi rus tili darslarimizga xush kelibsiz. Keling, statistikadan so‘z boshlaymiz. Ko‘plab kuzatishlar natijasiga ko‘ra, insonlarning faqat o‘n foizigina yangilikka tashna bo‘larkan. Bu kitob qo‘lingizda ekan, demak, siz o‘sha o‘n foizga mansubsiz. Qo‘llanma aynan shunday insonlar uchun yozildi. U sizni til o‘rganaman deya yillab mashaqqat chekishdan ozod etadi. Men o‘n uch yildan buyon ingliz tilini o‘rganib kelaman. Turli uslublardan foydalanib ko‘rganman, ularni boshqalarga ham tavsiya qilganman. Har qaysi metod qanday natijaga olib kelishini juda yaxshi bilaman. Bu gaplarni o‘zim yangicha o‘rgatish tizimini yaratganim uchun aytmayapman. O‘sha uslublarning ish berishiga tilakdosh edim. Men tashqaridan turib u uslublar haqida biron yomon fikr aytmayman. Chunki men o‘sha kitoblar, uslublarning ichidan chiqib kelganman. Sizni tabriklashim mumkin: rus tilini o‘rganishda eng zo‘r usulni izlash mashaqqatidan qutuldingiz. Qo‘lingizdagi kitobda kuchli o‘quv sistemasi bayon etilgan. Mazza qilib o‘rganish va harakat qilish vaqti yetdi. O‘n bir yil davomida til o‘rganib erkin gaplashish darajasiga chiqa olmadim, ammo mazkur usul orqali ikki oyda kutgan natijamga erishdim. Bu sistema ingliz tilini o‘rganishda juda yaxshi samaralar bergan. Dunyoda nafaqat ingliz, balki boshqa tillar ham mana shu metodika bilan o‘rganiladi: fransuz, nemis, portugal, ispan tillarini eshitish orqali o‘rganish sistemalari mavjud. Lekin hali hech kim rus tilini o‘rgatishda bu usuldan foydalanmagan. Qo‘lingizdagi audiokursimizda sizga o‘z tadqiqotlarim natijasida chet tillarini o‘rganishda eng samarali deb xulosa qilgan sistemamda rus tilini o‘rgatyapman. Bunda ko‘plab tajribali rus tili o‘qituvchilari hamda rusiyzabon tilshunoslar yordamidan foydalandim. Bu usul millionlab o‘rganuvchilarga chet tillarida gapirishni qulay va tez o‘rgatdi. Sizga ham yordam beradi, albatta. Siz bu kitob uchun sarflagan pulingizni yana topishingiz mumkin. Men uchun esa sizning ishonchingiz va vaqtingiz qadrli. Bir necha oyda erisha oladigan maqsadingizga ko‘p yillar sarflashingiz sizning katta xatoyingiz bo‘ladi. Bu kitobda berilgan aniq, oson va samarasi isbotlangan usul orqali rus tilini har qachongidan ko‘ra tezroq va osonroq o‘rganasiz. Qo‘llanmadagi har bir fikr mening o‘n uch yillik tajribam va son-sanoqsiz tadqiqotlarning natijalariga asoslanib yozilgan. Kitobning so‘nggi sahifalariga yetib borganingizda rus tilida bemalol gaplasha boshlaysiz. Mazkur uslub mashg‘ulotlarimda ko‘plab o‘quvchilarga xarita vazifasini o‘tagan, endi navbat sizga. Siz bilan ikkinchi kitobimda ko‘rishib turganimdan bag‘oyat xursandman. Bizning sistemamizda chet tilini yillab o‘rganib keluvchilar 6 oy, boshidan boshlab o‘rganadiganlar esa 7 oy shug‘ullanishini kerak bo‘ladi. Qo‘lingizdagi audio kursimizning 2-kitobi hisoblanadi. Bu kitobda sekin gapirishni tezlashtirishga harakat qilamiz. Ko‘pchilikka sevimli bo‘lib ulgurgan «Мини рассказ» darslari hamda grammatikasiz ham rus tilida ravon gapira boshlashingiz uchun «Точки зрения» darslari berilgan. Belgilangan tartibda belgilangan miqdorda eshitishda davom etaverasiz. Ishonamanki, rus tilini o‘rganish yo‘lidagi yutuqlaringiz yoki shaxsiy hayotingizdagi o‘zgarishlar haqida seminarlarimda bevosita ko‘rishib gaplashamiz. KIRISH Tassavur qiling, birov zinalar orqali sakkizinchi qavatga ko‘tarildi. Agar u odam bosgan qadamlarni takrorlasangiz, siz ham xuddi shunday natijaga erishasiz. Osonroq tushunishingiz uchun yana bir misol keltiraymi? Siz bir inson bilan tanishib qoldingiz, ammo telefon raqamini olmadingiz. Keyinroq u kishiga qo‘ng‘iroq qilish uchun to‘g‘ri kelgan raqamlarni turli tartibda tersangiz, u bilan bog‘lanishga qancha vaqt ketadi? Taxminan butun umringiz, shunday emasmi? Lekin undan telefon raqamini, olsangiz (ya’ni qaysi raqamdan keyin qaysinisi kelishini aniq bilsangiz) va qo‘ng‘iroq qilsangiz, bor-yo‘g‘i bir necha soniyalarda niyatingizga yetasiz. Demak, aziz o‘quvchim, nimani qachon qilishni bilsangiz, bir necha soniyalarda g‘alabaga erishishingiz aniq. Kitob sahifalarida bor mahoratimni ishga solib rus tilini o‘rganishdagi g‘alabangiz uchun kerakli ma’lumotlarni o‘ziga xos tartibda va sinalgan usulda keltiryapman. Faqat til o‘rgatish bilan cheklanmayman, hayotingizda asqatadigan ko‘plab fikrlarni ham berib ketaman. Chunki mening maqsadim – sizning g‘alabangiz, shunqorginam. Bular dunyoning eng muvaffaqiyatli insonlarini o‘rganish natijasida kelgan xulosalarimdir. Har darsning yakunida, agar amalda qo‘llanilsa, sizni haqiqiy omadli insonga aylantiruvchi bitta muvaffaqiyat siri beriladi. Faqat bir sharti bor: men maslahatni beraman, siz esa uni amalda qo‘llaysiz. Bor-yo‘g‘i shu. Katta sayohat boshlanmoqda! Tayyormisiz? Unda ketdik! Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling