Jumanazar Khushbakov натуральный русский
Chet tilini tez va oson o‘rganish uchun 8 qoida
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5249364575983241099
Chet tilini tez va oson o‘rganish uchun 8 qoida
Chet tilini tez o‘rganish, unda o‘z ona tilingizdek gapirish uchun dunyoning birinchi raqamli ingliz tili o‘qituvchisidan va boshqa ko‘plab ekspertlardan yig‘gan 7 qoidam, shuningdek, o‘zimning oltin qoidamni ham aytib beray. Keling, qoidalarni boshqachasiga, ya’ni miyangizda uzoq muddat saqlanib qoladigan qilib aytib beraman. 1-qoida. Shunday mashq bajaramiz. Men bir nechta so‘z aytaman. Siz esa ularni bir marta o‘qigandan so‘ng aytib berishingiz kerak. Tayyormisiz? Boshladik. Esingizda bo‘lsin, faqat bir marta o‘qib aytib ko‘ring. Ahmadjon, xona, ko‘k, katta, stol, stul, tabassum, telefon, quti, sms, o‘qimoq. Xo‘sh, qog‘ozga qaramasdan qaytarib aytib bering. Ahmadjon.. stol.. stul.. telefon.. 11 ta so‘zdan nechtasini eslab qolibsiz? 5 tami? Yo 6 ta? Balki 9 tadir? Qolgan 2 tasi-chi? Boringki, siz hammasini aytib bergan taqdiringizda ham, bir haftadan keyin unutib yuborasiz. Demak, so‘zlar xotiramizda uzoqroq muddat qolishi va amaliyotda ularni qo‘llay olishimiz uchun nima qilishimiz kerak? Endi shu mashqni boshqacha bajaramiz. Ahmadjon katta ko‘k xonaga tabassum bilan kirib kelib, stol va stulning yonida turgan qutining ichidan telefonini oldi va smsni o‘qidi. Ana endi shu jumlani qaytaring-chi. Aminmanki, buni bir haftadan keyin ham aynan bo‘lmasa-da, juda yaqin tarzda aytib bera olasiz. Shuning uchun ba’zi so‘zlarni eslab qola olmasangiz ham, yoshligingizda eshitgan hikoyalaringiz butun umr yodingizda qoladi. Demak, 1-qoida. Hech qachon alohida so‘z yodlamaymiz. Doktor Jeyms Asher tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar yangi so‘zlarni gaplar hamda hikoyalar orqali o‘rganish 4-5 baravar, ya’ni 400 yoki 500 foiz tezroq samara berishini ko‘rsatadi. Shuningdek, gaplar va hikoyalardan foydalangan o‘quvchilarning grammatikasi ham maxsus grammatik qoida o‘rganib yurgan odamnikidan 4-5 marta chuqurroq bo‘ladi. 1-qoidaning xulosasi: hech qachon so‘zlarni alohida-alohida yodlamang!!! Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling