Jumanazar Khushbakov натуральный русский


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana22.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1109991
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
2 5249364575983241099

 
 
7-qoida. 
Hikoya 
 
Univeristetning birinchi kursini tugatganimdan so‘ng mehmonxonaga ishga kirdim. U yerda 
ko‘plab koreyaliklar o‘zbek tilini o‘rganayotganiga guvoh bo‘ldim. Xursand bo‘lib ketdim. 
Keyin ular o‘rganayotgan kitoblarni ko‘rdim. Bu grammatik qo‘llanmalar edi. O‘sha kitobdan bir 
gap esimda qolgan:
Sardor bozor tomon ketdi. 


Sardorbosh kelishikdagi ot, gapda ega vazifasida kelyapti, chunki hech qanday kelishik 
qo‘shimchalari yo‘q.
Bozor – turdosh ot, qayerga? degan savolga javob bo‘lib, gapda o‘rin holi vazifasida kelyapti.
Tomon – ko‘makchi, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida, shu kelishikka sinonim bo‘lib 
kelyapti. -ga – jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi, aniq joyni, tomon ko‘makchisi esa taxminiy 
yo‘nalishni ko‘rsatadi.
Ketdi – fe‘l. Gapda kesim bo‘lib kelyapti. Sodda tub kesim. -di – o‘tgan zamon qo‘shimchasi, 
so‘zlovchining o‘zi ko‘rgan voqealarni tasvirlashda ishlatiladi. -gan – o‘tgan zamon 
qo‘shimchasi esa voqea-hodisaning ancha avval sodir bo‘lganligini aytish uchun ishlatiladi.
Zerikib ketdingizmi, qadrli kitobxon? Men ham shuni aytaman-da. Til o‘rganayotgan 
koreyslarga rahmim keldi va haqiqiy o‘zbek tilini o‘rgatishga ijozat so‘radim. Ular rozi bo‘ldi 
(tekin kimga yoqmaydi deysiz). Men doskaga 50 tacha gap yozib, o‘rganuvchilarning har biridan 
turli savollar so‘rardim.
Misol uchun yuqoridagi gapni olaylik: Sardor bozorga ketdi. 
Kim bozorga ketdi? 
Sardor qayerga ketdi? 
Sardor maktabga ketdimi? va hokozo. 
Shu orqali ular boshdan kechirayotgan o‘zbek tilini zerikarli o‘rganish jarayonini qiziq savol-
javoblarga almashtirdim. Oradan oz muddat o‘tib ular o‘zbekchada ancha yaxshi gapiradigan 
bo‘lib qolishdi.
Shunda men til o‘rganish ham unaqa zerikarli jarayon bo‘lmasligi kerak degan xulosaga 
keldim. Hikoyalar tuzib, bunday savol-javob tarzida o‘rgatsa, juda kuchli natija berishini 
tushundim. Agar hikoya qiziq hamda g‘ayrioddiy bo‘lsa, uzoq muddatga esda qolishi tayin edi.
Qo‘lingizdagi kitobda ko‘p qiziq, g‘ayrioddiy hikoyalar savol-javob tarzida keltirilmoqda. 
Savol-javobli darslarimiz rus tilida o‘ylashingizga yordam beradi. Shuningdek, sekin gapirishga 
barham beradi, hademay tez gapirishni boshlaysiz. Xuddi o‘zbek tilida suhbatlashayotgandek 
so‘zlar o‘z-o‘zidan og‘zingizdan chiqib ketaveradi. Bu natijaga aynan men aytayotgan «Savol-
javob» darslari (Мини рассказ) orqali erishiladi. 
Sistemadan olti oy to‘liqligicha foydalanishni tavsiya qilaman. Professionallar shoshilmaydi. 
Birato‘la olti oylik kursni tugatib olaqoling. Chunki uch oylik kurslarimizni bitirgan ba’zi 
o‘quvchilarimiz oz muddat o‘tgach chet tilida o‘z ona tilidek gapirish malakasini yo‘qotib 
qo‘yishganiga guvoh bo‘ldik. 6-oylik kursni bitirgach esa natijalaringizdan o‘zingiz ham 
hayratda qoling.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling