Jumanazar Khushbakov натуральный русский


KHB SISTEMASIGA XUSH KELIBSIZ!


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana22.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1109991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
2 5249364575983241099

KHB SISTEMASIGA XUSH KELIBSIZ! 
O‘rnida berilgan savollar 
 
Rus tilini nega o‘rganmoqchisiz? Balki o‘qish, balki ishlash, dunyo bo‘ylab sayohat qilish 
yoki xalqaro biznes yuritish uchundir. Shu o‘rinda bir nechta savol so‘rasam maylimi? 
Rus tilida gapirishdan uyalasizmi?
Yillab shug‘ullanganingizga qaramay bu tilda juda sekin gapiryapsizmi? 
So‘zlash jarayonida grammatik qoidalarni o‘ylab, tahlil qilasizmi?
Shuncha yil rus tilini o‘rganganingizdan so‘ng ham gapira olmayotganingizdan umidsizlikka 
tushib ulgurdingizmi?
Rus tilida hamon ona tilidagidek sharillatib gapira olmayotganingiz uchun o‘zingizni 
qobiliyatsiz hisoblaysizmi? 
Qanday kurslarga bormang, baridagi eski kitoblar-u keraksiz grammatikadan charchab, rus tili 
qiyin ekan degan xulosaga keldingizmi?
Siz aybdormi yoki hamma? 
 
Yuqoridagi savollardan birontasiga «ha» deb javob bergan bo‘lsangiz, siz yolg‘iz emassiz. 
Bu sizning aybingiz emas. Afsuski, ko‘pchilik chet tilini o‘rganuvchilar o‘zlarining til o‘rganish 
qobiliyatlaridan shubhalanib qolyapti. Ba’zilari butunlay umidsizlikka tushgan va hech qachon 
rus tilida o‘zbek tilidagidek gaplasha olmaymiz deb o‘ylashadi. Sababi nima? 
 
 
Nega ko‘pchilik rus tilini biladi-yu, gapira olmaydi? 
 


Yuqoridagi muammolar o‘quvchilarning qobiliyatsizligi emas, ularga til o‘rgatishda notog‘ri 
metodlar ishlatilganligi sababli yuzaga kelgan. Shaxsiy tajribamlarimga asoslanib aytishim 
mumkinki, til o‘rgatuvchilarning aksari o‘zlari ishonmagan uslublar hamda kitoblarga tayanib 
dars o‘tadi. Xo‘sh, ular nega o‘sha uslublardan foydalanadilar? Fikrimcha, o‘qituvchilarda ham 
ayb yo‘q. Chunki ular ham ustozlari qanday o‘rgatgan bo‘lsa, shundayligicha dars o‘rgatyapti. 
Natijada avvalgi xatolar takrorlanyapti.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling