Jumanazar Khushbakov натуральный русский
Bu metodlar til o‘rganishda kerak bo‘lmaydi deb o‘ylagandingizmi?
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5249364575983241099
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Vujud 2. Hissiyot Vujud
Bu metodlar til o‘rganishda kerak bo‘lmaydi deb o‘ylagandingizmi?
Chet tilini o‘rganish uchun darsdan tashqari maxsus o‘quv kurslariga borib yurganlar eski metodlardan foydalangani uchun gaplashayotganida xato qilishdan qo‘rqib asabiylashadilar. Natijada yodlagan so‘zlaridan jonli suhbatlarda foydalana olmaydi. Ushbu kitobimda men ruhiy hayajonni yo‘qotib, rus tilida tez, ishonch bilan, osongina hamda avtomatik tarzda gapirishga o‘rgataman. Keling, biroz shu to‘g‘risida ham gaplashamiz. Mening sevimli ustozlarimdan biri Toni Robinsning aytishicha, xohlagan sohada muvaffaqiyat 80 foiz siz o‘zingizni qanday his qilishingizga, 20 foiz esa bu ishning texnikasini qay darajada bilishingizga bog‘liq. Ya’ni chet tilini o‘rganishda 80 foiz muvaffaqiyat bu so‘zlashuv payti o‘zingizni qanday his qilayotganingiz, 20 foiz esa qanday kitoblardan foydalanayotganingiz, maktabingiz, o‘qituvchingiz, o‘quv xonasi, sharoitlari va hokazolar natijasi ekan. Keling, muhim jihatlarga birma-bir to‘xtab o‘tay: 1. Vujud 2. Hissiyot Vujud Savol beraman, siz esa kitobni o‘qish davomida savollarga javob bering. Tassavur qiling, mandat kuni. Bir yigit imtihondan o‘tib universitetga qabul qilindi. Natijalarga ko‘ra, u o‘zining qattiq mehnatlari evaziga davlat granti asosida o‘qishga kirdi. Endi javob berishingiz kerak bo‘lgan savollar: U g‘olib insonga o‘xshab yuradimi yoki mag‘lubga? U ishonch bilan nafas oladimi yoki qo‘rqib? U qomatini tik tutib yuradimi yoki egilib? U boshqalarga kulib qarab, xushmuomala bo‘ladimi yoki qo‘pollik qiladimi? U yigitning chehrasi tabassumlimi yoki alamli? U yaxshi narsalar haqida o‘ylaydimi yoki muammolar haqidami? U yoqdan bu yoqqa yurib quvonadimi yoki bir joyda turadimi? Kayfiyati yaxshi bo‘ladimi yoki yomon? Demak, g‘olib inson qanday bo‘lishini bilib oldingiz. Lekin siz bu inson g‘alabaga erishgach shunday holatga keldi-ku deyishingiz mumkin. Yo‘q, unday emas. U g‘alabaga intilayotganda, mehnat qilayotganda ham xuddi shunday ahvolda bo‘lgan. Ya’ni imtihon paytida ham, imtihonlarga tayyorlanishda ham yuqori kayfiyatda bo‘lgan, qo‘rqib nafas olmagan. G‘alaba niyat va kayfiyatga bog‘liqligini o‘tkazilgan yuzlab tadqiqotlar allaqachon isbotlab bergan. Ba’zan til o‘rganish payti yaxshi kayfiyatda bo‘lgingiz keladi-yu, lekin bunga erisholmaysiz, to‘g‘rimi? Siz; «O‘zimni yaxshi his qilishim kerak», – deysiz-u, lekin shu gapning o‘zi bilan ish bitmaydi. Men bir zumda yordam beradigan oson va juda kuchli mashqlarni o‘rgataman. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling