Yaxshi yangilik
Rus tilida yaxshi gapira olmayotganingiz sizning aybingiz emas. Tilni osonlik bilan tabiiy
tarzda o‘rganishingiz mumkin. Tez orada o‘qishda, ishda, sayohat payti, chet ellik do‘stlaringiz
bilan suhbatlashayotganda ruschangiz ravonligidan o‘zingiz ham zavqlanadigan, rus tilida xuddi
ona tilingizdagidek ishonch bilan, xotirjam, bemalol gaplasha oladigan bo‘lasiz.
Buning uchun eski o‘qish uslubingizni o‘zgartirishimiz kerak!
Yangi sistemaning haqiqiy samarasi
Kaminaning sevimli ustozi, buyuk psixolog hamda 60 dan ortiq kitoblar muallifi Brayan
Treysi shunday degandi: «Eng ahmoqona ish – bu bir xil harakatdan turli natijalarni kutish».
Men til o‘rgatishning eski metodlarini kuzatarkanman, jiddiy o‘zgartirishlar kiritilishi
kerakligini angladim. Minglab soat vaqtimni izlanishlarga sarfladim. O‘n bir yildan buyon eski
metodlardan foydalanib, juda chuqur bilimga ega bo‘lsam-da gapira olmayotgan holatimda yangi
uslubda ikki oygina shug‘ullanib, ingliz tilida fikrimni o‘zbek tilidagidek oson bayon etadigan
darajaga chiqdim.
Birdaniga juda ko‘p o‘quvchilarni o‘qita olamizmi?
Inglizchada ona tilidek gapira olish mavzusida kitoblar yozdim. Ular ko‘plab o‘quvchilar
tomonidan o‘qildi, bu kitoblar ingliz tilida gapirishni boshlashlarida katta yordam bo‘ldi. Bundan
tashqari, men mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ingliz tilida erkin gapirishlariga yordam berdim.
Kundan kun ingliz tilini aynan mendan o‘rganishni istovchilar soni ortib boraverdi. Shunchalar
ko‘paydiki, men shogirdlarimni yordamga chaqirganimda ham ulgurolmay qoldik. Shunda
uslubimni kitobga yozib, birdaniga ko‘pchilikka ingliz, rus va boshqa chet tillarini o‘rgatish
mumkinligini angladim, qo‘llanma yaratishga qaror qildim. Qo‘lingizdagi kitobda
mashg‘ulotlarimizda qayta-qayta amaliy sinovdan o‘tgan, natijalari juda tez namoyon bo‘ladigan
usullarni bermoqdamiz. Yuqorida aytganimdek, men bu kitobni 13 yillik til o‘rganish
tajribamga, bir necha ming soatlik izlanishlarimga asoslanib yozdim va sizga taqdim
etmoqdaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |