Jumanazar Khushbakov натуральный русский
-qoida yoxud mening kuchli iltimosim
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5249364575983241099
8-qoida yoxud mening kuchli iltimosim
Bu sistemamiz mukammal. Rus tilida muvaffaqiyat qozonishingiz uchun zarur hamma narsa shu va bundan keyingi kitoblarimizda bor. Tilni alohida darslarga qatnamay ham o‘rgansangiz bo‘ladi (aslida shunday tavsiya qilinadi ham). Agar darslarga qatnash niyatingiz qat’iy bo‘lsa, bizning o‘quv muassasamizga keling, mazkur dasturda mavjud usullar hamda yanada kutilmagan jonli va motivatsiyalarga boy darslarimizga qatnashing. Agar sizga yaqin hududda markazimiz bo‘lmasa, unda o‘qituvchi tanlashda quyidagi tavsiyalarga e’tibor bering. Til o‘rganishda yutuqlarga erishishingiz uchun bu juda muhim. Avvalo, kuchli ustoz toping. Men talay o‘quv kurslariga borganman, ammo u yerdagi o‘qituvchilardan, ularning o‘rgatish uslubidan hayratlanmaganman. O‘qituvchining o‘zi avvalambor rus tilida yaxshi gapiradigan bo‘lsin. O‘quv materiallarini tog‘ridan to‘g‘ri o‘rgatib ketaveradigan o‘qituvchilardan hech narsa o‘rganib bo‘lmaydi. Yillab saboq bergan, tajribali, o‘ziga xos dars rejalari bor ustozlar ozroq moliyaviy qiyinchilikka uchragani uchun o‘zi bilmagan yoki tajribasida qo‘llamagan narsani o‘rgatadigan soxta o‘qituvchilardan ko‘ra yaxshiroq. Eng muhimi, o‘qituvchingiz sizni har doim ruhlantirib tursin, yuksaklikka undasin. Siz uning saboqlaridan nafaqat bilim oling, balki yuksak maqsadlarga ega inson bo‘lib chiqing. Fikrimcha, o‘qituvchi o‘quvchini ruhlantira olmasa, ishtiyoqini pastga ursa, o‘qituvchi bilim topib aql topmagan eshakka o‘xshab qoladi. Agar o‘zingiz o‘qituvchi bo‘lsangiz, o‘quvchilaringizni ruhlantiring. Kuchsiz odam boshqalarni pastga uradi, kuchli odam esa yiqilganlarni ham yuqoriga ko‘taradi. Sizga faqat foyda keltirayotganlarni emas, o‘quvchilaringizning hammasini yaxshi ko‘ring. O‘qituvchi bo‘lishdan maqsad bilimingizni boshqalarga o‘rgatish, ularning muvaffaqiyatli inson bo‘lishiga yordam berish, shunday emasmi? Yaxshiyamki, hamma o‘qituvchilar yuqorida aytilganidek emas. Bunday o‘qituvchilarga kasbining asosiy maqsadini baland ovozda kimdir eslatishi kerak deb o‘ylayman. Siz buyuk ustozsiz, sizga hurmatim cheksiz. O‘quvchilarimizning g‘alabasi asosiy maqsadimiz bo‘lsin. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling