Jumaqul Amonov 1905-1973


Download 304.5 Kb.
bet9/28
Sana17.06.2023
Hajmi304.5 Kb.
#1522619
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
Искандари Дарбандий давоми

Omonxonasi mashhur,
Bemor dardiga huzur,
Unda yashomoq surur,
Surxondaman,Surxondan.


Sulton Saodati bor,
Sulaymon ota ham yor,
Dunyo mehmonlari lol,
Surxondanman, Surxondan.


Dunyoga nomi ketgan,
Termiziyni shod etgan,
Qur’on tilovat etgan,
Surxondanman, Surxondan.
Mullo Sulton va Mullo Abbos kim bo’lgan
Mulla Abbosni otasi Mullo Sulton taxminan 1894 yillarda Darband qishlog’ini Sesanga guzarida tavallud topgan. Hamqishloqlarni e’tirof etishicha u kishi mullo Norboy o’sha davrni eng katta taqvodor insonlaridan bo’lgan. Mullo Norboy farzandini tarbiyasiga alohida e’tibor bilan yondoshib uni ilmli dinu diyonatli etib tarbiyalashga erishgan. Yoshligida ilmga o’ch bo’lgan Sulton eski maktabda ta’lim olib o’zini zehnini o’tkirligi hozirjavobligi yodkashligi bilan barcha sabaqdoshlardan yuqori ekanligini isbotlab o’sha davr maktabdor muddarislarni ham hayratga solgan. U bilimini oshirish maqsadida Buxoro Samarqand madrasalarida ham tahsil oladi. Farzandini qobiliyati otasini xushnud etadi. Mulla Norboy o’zini bisotidagi bor diniy kitoblarni o’g’liga qoldiradi. Mullo Sulton ham bu davr ichida qaerga borgan bo’lsa kitobga mehr qo’yib eski diniy kitoblarni sotib olib bilimini sayqallashtirishga erishgan. Shunday qilib mulla Sulton tezda qishloqda o’z ilmu irfoni bilan katta mullalardan biriga aylanadi. Uni bilimligidan hatto boshqa muzofot toqvodorlari ham xabardor bo’lishadi.
Biroq davru zamonni o’zgarishi bu insonni ham tezda o’z vatanini tashlab boshqa manzil makonga hijrat qilishiga sabab bo’ladi. Buxoro amirligi taxtdan ag’darilib Sho’ro hukumati barqarorlashishi munosabati bilan eski maktablar yopila boshlaydi. Bu tuzumga bo’ysunmaganlar taziyiq ostiga olinadi. Bundan xabardor bo’lgan mullo Sulton bu zulmatlardan yiroqroq yurish maqsadida Tojikiston tarafga yo’l oladi. Mulloi musofir nomi bilan Tojikistonda sho’hrat qozonadi zulmat shabbodlari hali be yerlarga yetib kelguncha madrasalarda ishlaydi yashaydi uylanadi. U kishidan davrimizni yetuk mullalaridan biri mullo Abbos zuryod sifatida yodgor qoladi. Bu haqda kitobxonlar hamqishloqlar kengroq ma’lumotga ega bo’lish uchun hurmatli ustozimiz shu sulolani vakillari ustod Qosim Muhammadini tojik tilidagi “Nomi neki raftagon zoe’ makun” “O’tganlarni yaxshi nomin unutma” nomli maqolasini kitobga joylashtirdik.



Download 304.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling