Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Golantartik o’simliklar hukmronligi


Download 1.04 Mb.
bet47/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

6. Golantartik o’simliklar hukmronligi. Bu hukmronlik hududiga janubiy yarim sharning sovuq zonalari kirib, Janubiy Amerikaning Patagoniya qismi atrofidagi orollari bilan birga, hamda Yangi Zelandiya kiradi. Bu hukmronlik 4 ta oblastga bo’linadi.
31 (1). Xuan Fernandes orollari oblasti - Patagoniyaning g’arbiy tomonidagi Xuan Fernades orolini o’z ichiga oladi. Bu oblast hududida 1 ta oila,20 dan ortiq avlod va bir necha yuzlab tur endem hisoblanadi.
32 (2). Chili Patagon oblasti. Bu oblast hududiga Janubiy Amerikaning Chili Patagoniya Fonklend, Olovli Yerlar va boshqa orollarni o’z ichiga oldi. Bu oblast hududi maydon jihatdan katta va xilma-xil bunga ikki materik (janubiy Amerika va Antarktidaning yarimoroli ham) kiradi. Bir necha o’ziga xos iqlimli orollar ham kiradi. Natijada bu oblast hududida 7 ta oila, 250 ta avlod, bir necha yuzlab tur endem hisoblanadi.
33 (3). Sub antartik oblasti. Bu oblast hududiga Gof, Prins Eduvard, Amsterdam, Sent Pol, Kergelen orollarini o’z ichiga oladi. Bu yerda 2 ta avlod, o’nlab endem turlar mavjud, endem oila yo’q.
34 (4). Yangi Zenlandiya oblasti- bu oblast hududiga Yangi Zellandiya, Kermadek, Chatem, Antipot orollari bilan birgalikda bir qancha mayda orollar ham kiradi. Bu oblast hududida bitta oila, 45 ta avlod, bir necha o’nlab endem turlar mavjud.
Yer yuzasining faunistik rayonlashtirilishi Yer sharida hayvonot olami tur jihatdan xilma-xil bo’lib, o’simliklarga nisbatan deyarli 3 barobar ko’rdip. Massa jihatidan juda oz, ya’ni 1% xolos, 99% o’simliklar hissasiga to’g’ri keladi.
Hayvonlar yer sharining iurli qismlarida iqlim sharoitining turliligiga qarab turlicha tarqalgan. Hayvonot olamini hukmronlikka, oblastlastlarga ajratishda ko’p olimlar o’z ishlarini olib borishgan. Ular ichida tan olingani 1976 yili Kro’janovskiy taklif qilgan sistemadir. Bunga ko’ra hayvonot olami 4 ta hayvonlar hukmronligiga va 14 ta faunistik oblastga bo’linadi.
1. Paleogey hayvonlar hukmronligi. Bo’larning hududiga 4 ta oblast kiradi. Ya’ni, Afrika materigining asosiy qismi, Madagaskar oroli, Hindiston yarim oroli, Hindixitoy, Zond orolari, Yangi Gvineya, Polineziya orollari kiradi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling