Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Abdusamat to’qay qo’riqxonasi


Download 1.04 Mb.
bet80/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Abdusamat to’qay qo’riqxonasi. Farg’ona vodiysida tashkil etilgan. Bu qo’riqxona Sirdaryo yoqasidagi to’qay majmuilarini va shu yer uchun xos bo’lgan tustovuq, bo’rsiq, chiyabo’ri, quyon, shuningdek, furot turang’isi, ingichka bargli jiyda, aralash tolzorlarni saqlash uchun tashkil etilgan.
Zarafshon (Kitob) paleontologik-stratigrafik qo’riqxonasi. Kitob shahridan 52 km sharqda tashkil etilgan bo’lib, u Uzbekistonda yagona geologik qo’riq-xonadir. Bu qo’riqxonada qoyali tog’lar muhofaza qilinadi. Tog’ jinslari kesmasidagi Yerning 400—500 million yillar oldingi geologik davri tarixi boshqa qatlamlarda bunchalik aniq ko’rinmaydi. Qo’riqxonada marjonlar, mollyuskalar, dengiz liliyalari, qadimgi umurtqalilar— grantolitlar, kosali baliqlarning izlari topilgan. Ana shularga qarab bundan 400—500 million yillar, avval tabiat qanday bo’lganini bilish mumkin. Kelajakda O’zbekistonda tabiatni muhofaza qiladigan qo’riqxonalar soni oshib boraveradi.
Zakazniklar tabiatni muhofaza qilish tadbirlaridan bir sifatida juda qadimdanma’lum. Zakazniklarda tabiiy-geografik majmuilar, tarkibiy qismlarning ayrim bo’laklari, ayrim hayvon yoki o’simlik turlari muhofaza qilinadi, unda qator tabiiy resurslardan xo’jalikda foydalanishga ruxsat beriladi. Zakazniklar vaqtinchalik va doimiy bo’ladi. Vaqtinchalik zakazniklar ko’pincha ovchilik xo’jaliklarida ov qilinadigan hayvon va qushlarning sonini tiklash va ko’paytirish maqsadida ma’lum muddatga tashkil qilinadi. Doimiy zakazniklar o’simliklar, hayvonlarni muhofaza qilish uchun
tuziladi. O’zbekistonda umumiy maydoni 197 ming gektardan iborat 8 ta zakaznik bo’lib, ularda respublikamizning hayvonot va o’simliklar dunyosi muhofaza qilinadi va tiklanadi.
To’dako’l cho’l-ko’l davlat zakaznigi. Buxoro viloyatida tashkil etilgan. Ko’l atrofidagi sho’rxok cho’lda turli xil cho’l o’si.mliklari bilan birga qamish, yulg’unlar o’sadi. Zakaznikda o’rdaklar, oqqushlar, saqoqushlar, kulrang g’ozlar hamda quyonlar, qamish mushugi, jayronlar muhofaza qilinadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling