Jumaxanov Sh. Z. ««biogeografiya» fanidan


Download 1.04 Mb.
bet78/145
Sana28.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1009170
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   145
Bog'liq
ed8b378ada240a4db3f80addadbc87d9 BIOGEOGRAFIYA

Qizilqum qo’riqxonasi. Bu qo’riqxona ham Buxoro viloyati hududida joylashgan. Unda o’simlikning 150 turi o’sadi. To’qayzorni ko’proq daraxt-butazor egallaydi. Bundan tashqari, bu yerda har xil o’tlar, qamish, qo’g’alar, ro’vak, ajriq va boshqalar o’sadi. Qumli joylarga qora va oq saksovul, cherkez, qandim va quyonsuyak xarakterlidir. Qo’riqxonaning tabiiy sharoiti turli xil hayvonlarning yashashiga imkon beradi. Sudralib yuruvchilardan cho’l toshbaqasi, qizil quloq kaltakesak, yumaloq bosh kaltakesak va Severtsov gekkoni, suv ilon, zaharli charxilon va boshqalar uchraydi. Qo’riqxonada suvda suzuvchi qushlar ko’p bo’lib, ularning 82 turi ma’lum. SHundan 29 turi yilning to’rt faslida uchratiadi. Yirtqich qushlardan burgut, qora qirg’iy, kuykanak, jig’altoy va boshqalar uchraydi. Qo’riqxonaning eng chiroyli qushi Amudaryo qirg’ovulidir. Sutemizuvchilardan ingichka barmoqli yumronqoziq, malla yumronqoziq, qum sichqoni, qo’shoyoq yirtqichlardan chiyabo’ri, tulki, to’qay mushugi va qum mushugi, bo’ri uchraydi. SHuningdek, bu yerda 200 ga yaqin yovvoyi cho’chqa va buxor bug’usi yashaydi. Buxor bug’usi alohida muhofaza qilinadi. Qo’riqxonaning asosiy vazifasi inson qo’li tegmagan landshaftlar, Amudaryo, to’qaylari va tutashib turgan cho’l landshaftlarini o’rganish va saqlash, shuningdek, buxor bug’usi, jayron va Amudaryo qirg’ovuli ekologiyasini o’rganish va muhofaza qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Bodayto’qay qo’riqxonasi. Qoraqalpog’iston hududida joylashgan. Qo’riqxonada o’simlik va hayvon turlari ko’p. Bu yerda turang’i, yulg’un va qiyoqzorlar mavjud. Hayvonlardan yovvoyi cho’chqa, bo’rsits, quyon, Xiva qirg’o-vuli, olachipor qizilishton va boshqalar yashaydi. Qo’riqxonada xalqaro dasturdagi ishlar olib boriladi. Uning asosiy vazifasi Amudaryo qayiridagi tabiiy majmularni o’rganishdir.
Nurota qo’riqxonasi. Nurota tog’ tizmasi yonbag’irlarida tashkil etilgan. Qo’riqxonada «Qizil kitob»ga kirgan arxarlar bilan tog’ qo’yi, shuningdek, yovvoyi cho’chqa, suvsar va «Qizil kitob»ga kirishi mumkin bo’lgan mitti shunqor va boshqa hayvonlar muhofaza qilinadi. Nurota qo’riqxonasining aoosiy vazifasi tog’-dasht mintaqalarini, ayniqsa, Severtsov qo’yi ekologiyasini o’rganish va muhofaza qilish uslublarini ishlab chiqishdan iborat.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling