Jumayeva mavluda ziyodullayevna somatik iboralarning semantik tadqiqi


Download 0.73 Mb.
bet1/20
Sana18.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1559499
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Jumayeva Magistr (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAGISTRATURA BO‘LIMI


Qo‘lyozma huquqida
UDK: 8/1751

JUMAYEVA MAVLUDA ZIYODULLAYEVNA


SOMATIK IBORALARNING SEMANTIK TADQIQI
(INGLIZ-ITALYAN-O`ZBEK TILLARI MISOLLARIDA)

70111801 – Xorij tili va adabiyoti (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan



DISSERTATSIYASI



Ilmiy rahbar: B.A.Xudoyqulov


DENOV – 2023
MUNDARIJA:



KIRISH 3
I BOB. SOMATIK FRAZEOLOGIZMLAR IBORALAR VA ULARNING OʻRGANILISH TARIXI 8
1.1 Oʻzbek tilshunosligida somatik iboralarning oʻrganilishi 8
1.2 Ingliz va Italyan tillarida somatik iboralarning oʻrganilganlik darajasi 18
I bob bo`yicha xulosa 32
II.BOB.INGLIZ VA ITALYAN TILIDAGI FRAZEOLOGIK IBORALARNI OʻZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MUAMMOLARI 33
2.2. Italyan tilidagi frazeologik iboralarning oʻzbek tilidagi tarjimalari 44
II bob bo`yicha xulosa 51
III BOB. TURLI KOMPONENTLI SOMATIK IBORALARNING SEMANTIK TAHLILI 53
3.1. Oʻzbek tilidagi koʻz, bosh, qoʻl,oyoq komponentli somatik iboralar semantikasi 53
3.2. Ingliz va italyan tillarida koʻz, bosh, qoʻl,oyoq komponentli somatik iboralarning semantik xususiyatlari 57
III bob bo`yicha xulosa 70
UMUMIY XULOSALAR 71
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 73



KIRISH


Mustaqil Respublikamizda muhtaram prezidentimiz tashabbusi bilan chet tilini chuqur oʻrganishga qolaversa, oʻzbek tarjimonchiligini, oʻzbek tilining keng imkoniyatlarini, shuningdek oʻzbek tilida bitilgan badiiy asarlarni dunyoga tanitishga tashabbus koʻrsatilayotganligi bejiz emas albatta. Hozirgi kunda oʻzbek tilidagi asarni ingliz va boshqa chet tillarida va aksincha chet tillardagi asarlarni rus tili orqali emas balki toʻgʻridan toʻgʻri asliyat tilidan oʻzbek tilidaga tаrjimаdа shаkl vа mаzmun munоsаbаtini bеjirim tаlqin etish zаrurаti sаnʻаtkоr оldigа аsаrning bаdiiu nаfоsаti vа milliy хususiyatini yuzаgа kеltiruvchi bаrchа lisоniyuslubiy vоsitаlаr vаzifаlаrini ijоdiy аks ettirа оlаdigаn muqоbil til vа nutq birliklаri tаnlаsh vаzifаsini qoʻyadi. Chunоnchi, muаllif tоmоnidаn fоudаlаnilgаn hаr bir bаyon vа tаfsilоt, hаr qаndаu soʻz vа ibоrа аsоsiu gʻоyaning vujudgа kеlishidа muhim аhаmiyat kаsb etаdiki, аsаrning tаrkibiu qismini tаshkil etаdigаn bundа u bаdiiy tаsviriy vоsitаlаrning toʻlа-toʻkis idrоk etilishi vа tаrjimаdа ijоdiu qаutа yarаtilishiginа mulоqоt mаqsаdigа erishish imkоniyatini yarаtаdi.
Tilning paydo boʻlishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bogʻliq ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning oʻrganish manbai tilga aloqador hisoblanadi . Tilning tabiati, mohiyati kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi, strukturasi va bu strukturani tashkil etgan elementlarning oʻzaro munosabati, uning ichki mexanizmi, ishlash principlari kabi muhim masalalarni ilmiy oʻrganishni, tilni har taraflama tadqiq qilishni talab qiladi. Til kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan oʻrnini, jamiyat taraqqiyoti yoʻllarini bilish, oʻrganish mumkin emas. Tilshunoslik fanining asosiy problemalaridan biri tilning ushbu fanning predmeti sifatidagi taʻrifidir. Maʻlumki, tabiiy inson tili faqat tilshunoslikda emas, balki yana bir qator fanlar tomonidan oʻrganiladigan murakkab obyekt boʻlib, har bir fanning tilga bergan taʻrifi ham turlicha boʻlishi mumkin. Hattoki, tilshunoslik fanining oʻzida ham tilning yagona taʻrifi yoʻq. Tilning taʻrifi masalasi tilshunoslik fani tarixidagi eng muhim masalalardan biri boʻlib, fan tarixida turlicha talqin qilingan va hozirgi kunda ham turli ilmiy maktablar va oqimlar orasida keskin bahslarga sabab boʻlmoqda1.
Tilnnng ijtimoiy tabiatni talqin qilishda jahon tilshunosligi dialektik taraqqiyot prinsplariga asoslanadi. Xususan, tilni jamiyat taraqqiyotining mahsuli deb tushunish tilshunoslik faniga qoʻshilgan eng buyuk hissalardan biridir. Tilnnng asosiy va muhim xususiyati shundan iboratki, til kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan boʻlib, eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Tilning ijtimoiy tabiati uning ayrim shaxsda emas, balki jamiyatda mavjudligini taqozo etadi. Til jamiyat tomonidan yaratilgan boʻlib, uning taqdiri ham jamiyat taqdiri bilan chambarchas bogʻliqdir. Insonning butun hayoti til bilan bogʻliq boʻlib, til yordamida kishilar obyektiv borliqni oʻrganadilar, oʻzaro fikr almashadilar, jamoa boʻlib birlashadilar va mehnat qiladilar. Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy -biologik va fiziologik xususiyatlari (ovqat yeyishi, nafas olishi, rivojlanishi va hokazo) tabiat qonunlariga muvofiq, jamiyatga bogliq boʻlmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda soʻzlashish na fikrlash uchun kishilik jamiyati (sotsial muhit) boʻlishi shart. Chunki til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo boʻlgan. Shuning uchun ham til tabiiy hodisalardan farqli oʻlaroq, kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir.
Maʻlumki, til boshqa narsa va hodisalar singari oʻzgaruvchandir. Shunday ekan, besh yuz ming yil ichida tillarda qanday oʻzgarish sodir boʻlganini tasavvur qilish , uni ilmiy , ham amaliy , ham nazariy nuqtayi nazardan oʻrganish mumkin emas . Til taraqqiyotining yozuv paydo boʻlishidan avvalgi holati biz uchun qorongʻidir . Biz faqat yozuv paydo boʻlgandan keyingi davrda roʻy bergan til taraqqiyoti toʻgʻrisida yozma yodgorliklardan foydalanib , fikr yuritishimiz mumkin . Lekin yozuv tilni oʻrganish, tilning paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi muammoni yoritishga toʻliq imkon bermaydi. Shunday boʻlsa ham , baʻzi olimlar bu masalaga oʻz munosabatlarini , fikrlarini bildirib oʻtishgan2.
Frazeologik iboralar til lugʼatini boyitibgina qolmay ushbu tilni bezashga, nutqdagi ifodalilik darajasi oshirishga ham xizmat qiladi. Frazeologizmlarda oddiy erkin leksemalarga nisbatan ifodalilikni, emotsional boʼyogʼ hamda milliy koloritni koʼrish mumkin. Bunday iboralarni har bir tilda kuzatish mumkin.Tilshunoslikda frazeologizmlar tarkibidagi leksemalarda oʼzining “xususiy maʼnolari” va “maʼno mustaqilligi” kuchsizlanadi kabi talqinlar mavjud. Bu borada A. I. Smirnitskiy frazeologizmlar komponetlarini leksema deb atash lozimligini, ammo ularning oʼziga xos xolda qoʼllash zarurligini koʼrsatadi.A. V. Kunin esa frazeologizmlar komponetlarini leksema deb atashni, ammo ular oʼzining xususiyatlari bilan farqlanadi, degan xulosaga keladi.Oʼzbek tilshunosligida frazeologizmlarning rivojlanishi boʼyicha oʼzining aloxida oʼrniga ega boʼlgan tilshunos olim Sh. Raxmatullaev fikricha, frazeologizmlarni tashkil etgan komponetlari oʼzining xususiy maʼnolari saqlab qolishi va ularning tayanch xamda notayanch komponetlar sifatida talqin qiladi.
Frazeologiyaning tarixiy shakllanishni oʼrganish(L.E. Royzenzon, M. M. Kopilenko,V.L. Arxangelskiy, E. X. Rot) soxasida qator ishlar amalga oshirildi.Keyinchalik tilshunoslik soxalaridan biri boʼlgan frazeologiya soxasini rivojlanishi va mustaxkam oʼrin olishida Fridrix Zeylerning “Nemis tilifrazeologiyasi” ning semantik va strukturaviy tuzilishi boʼyicha nemis tili tilshunosligida yirik tadqiqot olib bordi. Shuningdek, u oʼz ishida nafaqat frazeologiya soxasini yoritishga,balkinemis tilining soʼz boyligini maqol va matallar orqali xam maxorat bilan koʼrsatib bera olgan.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling