Jun tolasini titish va tozalash agregatini takomillashtirish V b. dotsent: D. A. Jo‘rayev


Download 56.73 Kb.
bet2/4
Sana26.06.2023
Hajmi56.73 Kb.
#1656471
1   2   3   4
Bog'liq
Jurayev D. Maqola OAK

Тadqiqot metodologiyasi. Jun tarkibidagi ifloslik o‘rtacha 40-70 % ni tashkil etadi. Jun xomashyosi asosan 2 xil usulda tozalanadi: mexanik va kimyoviy usullarda. Mexanik usulda jun tolasi titish agregatlari yordamida, kimyoviy usulda esa eritma va ishqorlar yordamida yuvib tozalanadi. Dastlab saralangan jun tolalari qo‘l mehnati yordamida navlarga ajratiladi va titish-tozalash agregatlariga taʼminlagich yordamida uzatib beriladi. Qoziqchali barabanlardan tashkil topgan titish agregatlari tola tutamini ajratib, tarkibidagi organik va mineral chiqindilarni tozalashga yordam beradi. Og‘ir aralashmali yirik va mayda iflosliklardan tozalangan jun tolalari yuvish vannasiga uzatib beriladi. Bu jarayonda toladan qiyin ajraladigan yogsimon va mumsimon iflosliklardan tozalanadi [4].
Tahlil va natijalar. 2БТ-150Ш rusumli titish-tozalash agregati ishlash mexanizmi yoritilgan: ta’minlovchi transportyor, ta’minlovchi bir juft silindr, ustki silindrni bosuvchi ikkita prujina, ikkita titish qoziqchali baraban, qobirg‘ali panjara, chang o‘tuvchi teshikli yuza, chang chiqaruvchi qisqa quvur, qo‘zg‘almas qoziqli planka, chiqindi chiqarish transportyori hamda tola chiqarish quvuridan iborat [5].
Ushbu titish-tozalash mashinasida bir qator mantiqiy kamchiliklar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. ta’minlovchi transportyor yordamida xomashyo ta’minlovchi silindrga uzatilgan vaqtda tola tiqilib qolish holati kuzatiladi;

  2. titish va tozalash paytida junning notekis ta’minlanishi:

  3. titish vaqtida jun qoziqli barabanlar yordamida panjara yuzasida orqaga tortiladi, bu esa tola massasining yomonlashishiga va yo‘qolishiga olib keladi;

  4. qoziqchali baraban qoziqlari 90oC burchak ostida joylashgan bo‘lib, bu xomashyo tutamlarini ilashish va titish imkonini kamaytiradi;

  5. qobirg‘ali panjaraga korpus qismi juda yaqin joylashgan bo‘lib, titilgan toladan ajralgan ifloslik qobirg‘a teshiklarini yopib qo‘yadi, natijada uskunaning tozalash samaradorligi pasayadi;



Download 56.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling