Jun tolasini titish va tozalash agregatini takomillashtirish V b. dotsent: D. A. Jo‘rayev


Download 56.73 Kb.
bet3/4
Sana26.06.2023
Hajmi56.73 Kb.
#1656471
1   2   3   4
Bog'liq
Jurayev D. Maqola OAK

1.1-rasm. Т-150rusumli titish va tozalash uskunasi
1- ta’minlovchi transportyor; 2- ta’minlovchi bir juft silindr; 3- prujina;
4, 8-qoziqchali barabanlar; 5-teshikli to‘r; 6- chang chiqaruvchi qisqa quvur;
7- qo‘zg‘almas qoziqli planka; 9-korpus; 10-qopqoq; 11-tola chiqish novi;
12- qobirg‘ali panjara; 13-ifloslik bunkeri; 14-ustun; 15-ifloslik transpartyori.
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yuqoridagi kamchilliklarni bartaraf etgan holda, quydagicha uskuna taklif etildi: Saralangan dag‘al jun ta’minlovchi transportyor 1 yordamida xomashyo bunkeriga 2 tushadi, bunkerda tola qiya tishli ta’minlovchi valik 5 tomonidan xomashyoni tartibga soluvchi silliq yuzali silindr 6 va ta’minlovchi valikga 7 uzatadi. Silindr tola tutamini rostlab ta’minlovchi valik bilan birgalikda qoziqchali barabanga uzatadi. Qoziqchali barabanda joylashgan qiya tishlar 14 yordamida tolani qobirg‘ali panjara 12 ustidan bir necha bor o‘tishi natijasida iflosliklardan tozalanadi. Ajralgan ifloslik panjara orqali ifloslik konveyriga 16 tushadi. Xomashyoni titish jarayonida ajralgan chang va еngil aralashmalar maxsus quvur 9 yordamida agregatdan chiqib ketadi. Qoziqchali baraban va qobirg‘ali panjara yordamida titilgan va tozalangan xomashyo tola chiqish novi 17 yordamida tashqariga chiqariladi va keyingi bosqichga uzatiladi [6,7].
Taklif etilayotgan uskuna afzalliklari:

  • xomashyo bunkeri hisobiga ta’minlovchi transportyor va ta’minlash valiklari orasida tola tiqilish holati kuzatilmaydi;

  • xomashyo bunkerida tola to‘planib zaxira bo‘lib turishi va agregat xomashyo bilan bir xil me’yorda ta’minlanishga yordam beradi;

  • bunker setkali yuzasidan tola tarkibidagi iflosliklar ajralib novga tushadi, natijada uskunada titilib tolaga arlashib ketishini oldi olinadi;

  • qoziqchali baraban qoziqlari qiya qilib o‘rnatilganini hisobiga uskunadan titilmagan tolalar chiqib ketish holati kamayadi va tola tutamlari yaxshi titiladi;

  • qobirg‘ali panjara va korpus oraliq masofasi kengaytirilishi hisobiga ajralgan ifloslik tiqilishi kamayadi, natijada tozalash samaradorligi oshadi.

Ishlab chiqilgan jun tolasini iflosliklardan tozalash uskunasi mavjud 2БТ-150Ш uskunasiga nisbatan tozalash samaradorligi bir qancha afzalliklarga ega. (1-rasm.)

1-rasm. Mavjud texnologiya va ishlab chiqilgan uskunalar farqi.



Download 56.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling