Jurnali tarixi


Download 139 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi139 Kb.
#227347
Bog'liq
FORBES


FORBES” JURNALI TARIXI

“Forbes” jurnali haqida eshitmagan inson kam bo‘lsa kerak. Ayniqsa, jurnalning turli voqea-hodisalar va kompaniyalar, dunyoning eng boy insonlariga oid reytinglari deyarli har bir ommaviy axborot vositasida tilga olinadi. Bugungi kunda “Forbes” dunyoda eng ommabop jurnallardan biri. Ammo bu jurnalni tashkil qilgan inson haqida hamma ham bilavermasa kerak. Mazkur jurnalning asoschisi Berti Charlz Forbsdir.

Berti Forbs 1880 yilning 14 mayida Shotlandiyaning kichkinagina Nyu-Dir shaharchasida dunyoga kelgan. Oilada u o‘n farzandning oltinchisi edi. Otasi chevar bo‘lib, topgan daromadi ro‘zg‘orni tebratishga arang yetardi. Berti birovlarning molini boqib yoki dalada ishlab otasiga yordam berardi. Ammo u tinmay mashhur jurnalist bo‘lishni, o‘z jurnalini tashkil etishni orzu qilardi. O‘n to‘rt yoshida u mahalliy gazetalardan biriga harf teruvchi bo‘lib ishga kirdi. Oylik maoshi esa haftasiga 75 funt edi.

Qalbi orzularga to‘la o‘n to‘rt yoshli o‘smirni harf teruvchilik qanoatlantirmadi. U jurnalist bo‘lib maqola yozish o‘rniga birovlarning maqolalarini terayotgandi. “Tarix guvohlik berishicha, mashhur g‘oliblar o‘z g‘alabalariga erishgunlariga qadar mislsiz qiyinchiliklarga duch kelishgan ekan. Ular mag‘lub bo‘lishni istamaganlari uchun g‘alaba qozonishgan”, degan edi keyinchalik Forbs. “Qiyinchiliklar insonni olg‘a undaydi”, deb hisoblardi u.

Haqiqatan ham Bertini qiyinchiliklar olg‘a undadi. Mag‘lub bo‘lishni va bir umr harf teruvchilik qilishni istamagan Berti… o‘qishga qaror qildi. U stenografiya bo‘yicha o‘qidi va mahalliy gazetaga muxbir bo‘lib joylashdi. Bilim mustahkam tayanch ekanligini anglagan Forbs Dandi universitetida ham tahsil oldi.

Ammo gazetada u uzoq ishlamadi. Sevgan qizi boshqasiga turmushga chiqib ketgach, Berti alamli muhabbatini unutish uchun Janubiy Afrikaga ketdi. U yerdan esa AQShga jo‘nadi. O‘shanda 1904 yil edi. Avvaliga u moliya va biznesga oid gazetalarda ishladi. So‘ngra unga o‘sha davrlarning yirik mediamagnati Uilyam Rendolf Xyorst “Nyu-York ameriken” jurnalida ishlashni taklif qildi. Tez orada Forbs o‘z maqolalari bilan omma e’tiboriga tushdi.

1917 yili Berti Forbsning hayotida ikki muhim voqea yuz berdi: u “Amerikani qurgan insonlar” kitobini nashr etdi va o‘z jurnaliga asos soldi. U jurnalni “Ishlar va tadbirkorlar” deb nomlamoqchi edi, ammo do‘stlarining maslahati bilan jurnalga o‘z nomini berdi. 15 sentyabr kuni “Forbs”ning ilk soni dunyo yuzini ko‘rdi.

Dastlabki sonidan boshlaboq jurnal ishbilarmonlar va ularning ishlari, millionerlarning hayoti, ularning muvaffaqiyati va inqirozi, sabablar va oqibatlar haqida hikoya qilishni boshladi. Oradan o‘n yil o‘tib, shaxsan Xyorst jurnalni 10 million dollarga sotib olmoqchi bo‘ldi. Lekin Forbs jurnalini sotmadi. Uning uchun bu jurnal o‘z farzandidek bo‘lib qolgandi. Hattoki u jurnal doimiy ravishda chiqib turishi uchun boshqa gazetalarga maqola yozib, olgan qalam haqini bosmaxonalarga to‘lashga majbur bo‘lsa-da, jurnalidan voz kechmadi.

1954 yilning 6 may kuni Berti Forbs vafot etdi va u asos solgan jurnal farzandlariga meros qoldi.

Uning ikkinchi o‘g‘li Malkolm jurnalning yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.

1964 yilda akasi vafot etgach, Malkolm akasining bevasidan jurnalning qolgan ulushini sotib oldi. Aynan Malkolm bugungi kunda hammani qiziqtiradigan reytinglarni doimiy ravishda e’lon qilishni boshlab berdi. To‘g‘ri, vaqti-vaqti bilan turli nashrlar reyting ro‘yxatlarini berib borishardi. Hattoki 1918 yilda otasi Berti ham eng boy amerikaliklar reytingini bergan, o‘shanda Jon Rokfeller 1,2 milliard dollar boyligi bilan birinchi o‘rinni egallagandi. Lekin Malkolm Forbs reytinglar jurnalning asosiy qurollaridan biri bo‘lishini ta’minladi.

Forbs jurnalni rivojlantira olganining sabablaridan yana biri, u bolaligidanoq “Forbs” jurnalini sevib o‘qir, jurnalni yanada qiziqarliroq qilish uchun nimalar lozimligi haqida bosh qotirardi.

Malkolmning o‘g‘li Stiv ham xuddi otasi kabi jurnalni gullatdi. 1990 yili otasi vafo etgach, u 1,4 millard dollar pul, kompaniyaning 51 foiz aksiyasi va Forbes Inc. korporatsiyasining 35 foiz sarmoyasi bilan oilaviy biznesni davom ettirdi. Stiv Forbs davrida jurnal portugal va yapon tillarida ham chop etila boshlandi.

Ginnessning rekordlar kitobi singari “Forbes” ham biznesning rekordlar kitobiga aylandi. Dunyoning eng yirik kompaniyalari rahbarlari, milliarderlar, biznesmenlar bu jurnalning har bir sonini intiqlik bilan kutadilar. Kimlardir jurnaldagi ro‘yxatdan o‘z nomlarini qidirsalar, yana kimlardir ro‘yxatdan joy olishni orzu qiladilar.



«Forbes» dunyoning 2018-yildagi eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi


«Forbes» jurnali bugun, 6 mart kuni dunyoning 2018-yildagi eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Birinchi o‘rinni boshqalardan katta farq bilan «Amazon» asoschisi Jeff Bezos egalladi.  Uning boyligi 112 mlrd dollar miqdorida baholandi.

Ikkinchi o‘rinni 90 mlrd dollar boylik bilan «Microsoft» asoschisi Bill Geyts egalladi, uchinchi pog‘onadan 84 mlrd dollar bilan Uorren Baffet joy oldi.






Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling