Jurnalistika fakulteti


Download 80.36 Kb.
bet2/11
Sana10.02.2023
Hajmi80.36 Kb.
#1185087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Yo`ldasheva Mohinur

Mavzuning dolzarbligi.
Ona tili darslari fan o`qituvchilari tomonidan puxta o`ylangan, ma`lum tizimga solingan, o`quvchilar aqliy bilimlarini charxlaydigan bo„lishi lozim. Zotan, “Milliy dastur”da ko`zda tutilgan asosiy masala – O`zbekistonning kelajagi bo`lgan barkamol avlod, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatning oldida turgan muhim vazifadir.
“To`qqiz yillik (1-9 - sinflar) o`qishdan iborat umumiy o`rta ta`lim majburiydir. Ta`limning bu turi boshlang`ich ta`limni (1-4 - sinflar) qamrab oladi hamda o`quvchilarning fanlar asoslari bo`yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o`zlashtirish ehtiyojlari, asosiy o`quv - ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma`naviy - axloqiy fazilatlarni mehnat ko`nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof - muhitga ongli munosabatda bo`lishni va kasb tanlashni shakllantiradi”2
Kelajagimiz bo`lgan yosh avlod bilim egallashda boshlang`ichta`limda o`tiladigan fanlarni chuqur, ongli tarzda o`zlashtirishlari muhim sanaladi. Shunday ekan, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda boshlang`ich ta`limdagi fanlarni o`tishda jahon andozalariga mos va xos bo`lgan o`qitish usullaridan foydalanish muhimdir.
Kurs ishi uchun tanlangan mavzu ana shu jihati bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda o`qituvchilik kasbiga nihoyatda yuksak mas`uliyatlar qo`yilmoqda, chunki biz o`qituvchi - murabbiylar qo`liga farzandlarimiz taqdirini ishonib topshiramiz. Shu jihatdan tanlangan mavzu hozirgi vaqtda olib borilayotgan ta`lim - tarbiya ishlarining eng dolzarb mavzularidan sanaladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ham o‘zining “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asarida yosh avlod tarbiyasidagi ijobiy tomonga bo‘lgan o‘zgarishlarga alohida urg‘u berib, shunday deb yozadi: “Eng muhimi, zamonaviy bilim va tafakkurga, sog‘lom dunyoqarashga ega, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor bo‘lgan, ko‘zi yonib turadigan navqiron avlodimiz katta ishonch bilan hayotga dadil kirib keloyatgani barchamizni quvontiradi.
Inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili ta’limi maktabda yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi.
Umumta’lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida “Morfologiya” bo‘limini izchil kurs sifatida o‘qitish juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchilar tilning asosiy birligi – so‘z haqidagi ta’limot bilan tanishadilar va ularning tilni bir butun tizim sifatida tushunishlari hamda o‘zlashtirishlariga imkon tug‘iladi. Zero, so‘z turkumlari tilning barcha bo‘limlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu bo‘limlarni o‘qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi. Ana shu uzviylikni ta’minlashga qaratilgan usullarni va innovatsion texnologiyalarni tadqiq qilish va va nafaqat olmosh so‘z turkumi balki morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi.


Download 80.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling