Jurnalistika fakulteti
Download 52.42 Kb.
|
Ergasheva Kumush. 318
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xabar mayli.
- Shart mayli.
Mayl kategoriyasi. Fe’l asosida ifodalangan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-
istak, shart ma’nolarini ifodalovchi, so‘zlovchining fe’ldan anglashilgan harakat- holatga munosabatini bildirgan, ya’ni harakatning ijro qilinish-qilinmasligi, harakatni bajarishga da’vat etish yoki harakatni bajarish sharti kabilarni bildirgan, kesimdan anglashilgan voqelikning borliqqa munosabatini ifodalovchi va gap kesimini shakllantirishda ishtirok etadigan fe’l shakllari tizimiga mayl kategoriyasi deyiladi. Bunda fe’llar so‘zlovchining harakat-holatga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra xabar mayli, buyruq-istak mayli, shart mayli kabi turlarga bo‘linadi.20 ■ Xabar mayli. Harakat yoki holatning bajarish-bajarilmasligi, ijro qilinish- qilinmasligi haqidagi xabar, darakni ifodalovchi fe’l shakli – maxsus ko‘rsatkichga ega emas, nol shakl bilan ifodalanadi: keldi, bordim, ishlamoqda, yozasan. ■ Buyruq-istak mayli. Harakat yoki holatning bajarish-bajarilmasligi, ijro qilinish-qilinmasligi haqidagi buyruq, istak, iltimos, maslahat ma’nolarini bildiradi – -(a)y, -(a)yin, -gin, -(i)ng, -sin, -(a)ylik, -(i)nglar, -sinlar shakllari bilan ifodalanadi: boray, kelayin, o‘qigin, ishlang, tasavvur qilsin, ko‘raylik, tinglanglar, buyursinlar. ■ Shart mayli. Boshqa bir harakat yoki holatning bajarish-bajarilmasligi uchun shart bo‘lgan harakat va holatni, shuningdek, istak-xohishni bildiradi – -sa, -sa edi, -ganda edi, -gan ekan shakli bilan ifodalanadi: gullasa, to‘ldirsa edi, bilganda edi, kulgan ekan. Shaxs-son kategoriyasi. Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning so‘zlovchi, tinglovchi yoki o‘zgaga tegishli ekanligini bildiradigan, ega valentligini muayyanlashtirish orqali gap kesimini shakllantirishda ishtirok etadigan, harakat- holatni bajaruvchi shaxsni, bushaxsning bitta yoki ko‘p ekanligini fe’lni kesim sifatida shakllantiradigan, ega bilan bog‘lab keladigan shakllar tizimiga shaxs-son kategoriyasi deyiladi. Shaxs-son kategoriyasi 3ta shaxs va 2ta sonda bo‘ladi: ֎ Ⅰ shaxs qo‘shimchalari: birlik sonda -m, -man; ko‘plik sonda -k, -miz. ֎ Ⅱ shaxs qo‘shimchalari: birlik sonda -ng, -san; ko‘plik sonda -ngiz, -siz. ֎ Ⅲ shaxs qo‘shimchalari: birlik sonda nol shakl; ko‘plik sonda -lar. __________________________ 20 G‘ulomov A. Fe’l. - Toshkent: Fan, 1954. - 88 b Xulosa Xulosa qilib aytganda, kesimlik kategoriyasi tasdiq-inkor, modallik, zamon va shaxs-son kabi nisbatan mustaqil bolgan lisoniy kategoriyalardan hosil bolgan va tasdiq-inkor, modallik, zamon va shaxs-son ma’no va shakllaridan iborat bolib, gap kesimini shakllantiruvchi mustaqil grammatik (shaklan morfologik, vazifa jihatdan sintaktik mohiyatli) kategoriyadir. Tushum kelishigi vositasiz toldiruvchi, qaratqich kelishigi qaratqich aniqlovchining morfologik shakli bo`lganidek, gapning markazi – kesimning morfologik shakli kesimlik kategoriyasidir.21 Grammatik kategoriya grammatik shakllarni bir jinsli grammatik ma’no bilan birlashtiradi. Muayyan tilning bir hil va bir-biriga qarama-qarshi grammatik shakllari majmui paradigma deyiladi. Masalan, hozirgi rus tilidagi holatning grammatik kategoriyasi (paradigmasi) nominativ, genitiv va boshqalarning grammatik ma’nolari bilan oltita shakldan iborat. holatlar; Ingliz tilidagi holatlarning grammatik kategoriyasi ikkita shaklni o‘z ichiga oladi - nominativ va egalik (tegishlilik ma’nosi bilan genitiv). Grammatik maʼno bir qator soʻzlarga yoki sintaktik konstruksiyalarga xos boʻlgan va muntazam (standart) vositalarda ifodalangan umumlashgan maʼnodir. Grammatik kategoriyalarga ko‘ra grammatik ma’nolar morfologik va sintaktik bo‘ladi. __________________________________ 21 Qodirov Z. O‘zbek tilida grammatik kategoriyalarni sistem tahlil qilish (kelishik kategoriyasi) 8-bet. Download 52.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling