Jurnalistika fakulteti
Download 52.42 Kb.
|
Ergasheva Kumush. 318
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakat nomi
- Fe’lning aloqa-munosabat kategoriyasi
- Oʻtgan zamon.
- Hozirgi zamon
- Kelasi zamon
O‘zgalovchi kategoriyasi. Fe’lga xos shunday grammatik shakllar borki, ular
fe’lni kesimlikdan boshqa turkumga xos vazifalarga moslaydi. Shunga ko‘ra, ular uch guruh – sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi shakllariga ajratiladi. ♦ Sifatdosh. Fe’lning sifatga xoslangan shakli – -gan, -(a)yotgan, -adigan, -ydigan -(a)r, -(u)vchi, -mish, -ajak, -asi, -gusi, -(a)r shakllari bilan ifodalanadi: oʻqigan, dumalayotgan, bajaradigan, tezlaydigan, uchar, oʻynovchi, kelmish, boʻlajak, kelgusi, ishlar. ♦ Ravishdosh. Fe’lning ravishga xoslangan shakli – -a, -y, -(i)b, -gach, -guncha, - gancha, -ganda, -gani kabi shakllar bilan ifodalanadi: kula, oʻqiy, ishlab, kulib, otirgach, yigʻlaguncha, toʻygancha, oʻynagani. ♦ Harakat nomi. Fe’lning otga xoslangan shakli – -moq, -mak, -(i)sh, -(u)v, - ganlik shakllari bilan ifodalanadi: yupatmoq, bermak, tikish, qarash, oʻquv, tortuv, bilganlik. Fe’lning modal shakli. Fe’l asosiga qo‘shilib, haraakatning miqdoriy tavsifini bildiradigan, uning davomliligi, takroriyligi, kuchsizligi kabi modal ma’nolarni ifodalaydigan shakllariga fe’lning modal shakli – nokategorial shakl deb aytiladi. __________________________ 19 Maxmudov N. Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. –228-bet -a, -ga (-ka, -qa), -la, -gila (-kila, -qila, -g‘ila), -(i)sh, -(i)msira, -(i)nqira, -ra, -iq kabi shakllar bilan ifodalanadi: buramoq, urnamoq, surgamoq, surkamoq, chayqamoq, quvlamoq, yugurgilamoq, turtkilamoq, tortqilamoq, ezg‘ilamoq, to‘lishmoq, oqarishmoq, yig‘lamsiramoq, oqarinqiramoq, aljiramoq, toliqmoq. Fe’lning aloqa-munosabat kategoriyasi Fe’lning aloqa-munosabat kategoriyalari zamon, mayl, shaxs-son kategoriyalari kiradi. Zamon kategoriyasi. Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir boʻlishini bildiruvchi, Payt valentligiga ta’sir etuvchi orqali kesimni shakllantirishda ishtirok etuvchi va undan anglashilgan voqelikning nutq momentiga munosabatini ifodalovchi shakllarga zamon kategoriyasi deyiladi. Bunda 3xil zamon bor: oʻtgan, hozirgi va kelasi zamon. ► Oʻtgan zamon. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning nutq so‘zlanayotgan vaqtdan oldin bo‘lganini yoki bo‘lmaganini bildirgan shakllarga o‘tgan zamon shakllari deyiladi. O‘tgan zamon fe’llari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin bo‘lganini bildiradi. O‘tgan zamon fe’llari har uchala shaxda tuslanadi – -di; -(i)b, -gan(-kan, -qan + shaxs-son, (e)di, (e)kan, (e)mish shakllari bilan ifodalanadi: eshitdi, uxlabdi, ishlabsan, yotganmish, turgandi. ► Hozirgi zamon. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning nutq so‘zlanayotgan vaqtda yuz berayotgani yoki bermayotganini bildirgan, harakatning nutq momentida yuz berayotganligini ifodalaydigan shakllar tizimiga hozirgi zamon kategoriyasi deyiladi. Hozirgi zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi – -yap, -yotib, -yotir, -moqda shakllari bilan ifodalanadi: o‘qiyapman, yozmoqdasan, o‘ylayotir, kulayotib, ishlayapti. ► Kelasi zamon. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning nutq so‘zlanayotgan vaqtdan keyin yuz berishi yoki bermasligini bildirgan, nutq momentidan keyin yuz beruvchi harakatni ifodalaydigan shakllar tizimiga kelasi zamon kategoriyasi deyiladi. Kelasi zamon fe’llari harakat va holatning gap aytilayotgan vatdan so‘ng yuz berishini ifodalaydi – -adi; -(a)y, -jak, -gay(-g‘ay), - gusi, -ur, -(a)r, -moqchi + shaxs-son, (e)di, (e)kan, (e)mish shakllari bilan ifodalanadi: qiladi, kelajak, kelgay, bo‘lg‘ay, borgusi, sochilur, o‘qiysan, yozar ekan, kirmoqchi. Download 52.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling