Jurnalistika fakulteti


Download 52.42 Kb.
bet9/11
Sana11.02.2023
Hajmi52.42 Kb.
#1188659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ergasheva Kumush. 318

O‘zgalovchi kategoriyasi. Fe’lga xos shunday grammatik shakllar borki, ular
fe’lni kesimlikdan boshqa turkumga xos vazifalarga moslaydi. Shunga ko‘ra, ular
uch guruh – sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi shakllariga ajratiladi.
Sifatdosh. Fe’lning sifatga xoslangan shakli – -gan, -(a)yotgan, -adigan, -ydigan -(a)r, -(u)vchi, -mish, -ajak, -asi, -gusi, -(a)r shakllari bilan
ifodalanadi: oʻqigan, dumalayotgan, bajaradigan, tezlaydigan, uchar, oʻynovchi, kelmish, boʻlajak, kelgusi, ishlar.
Ravishdosh. Fe’lning ravishga xoslangan shakli – -a, -y, -(i)b, -gach, -guncha, - gancha, -ganda, -gani kabi shakllar bilan ifodalanadi: kula, oʻqiy, ishlab, kulib, otirgach, yigʻlaguncha, toʻygancha, oʻynagani.
Harakat nomi. Fe’lning otga xoslangan shakli – -moq, -mak, -(i)sh, -(u)v, - ganlik shakllari bilan ifodalanadi: yupatmoq, bermak, tikish, qarash, oʻquv, tortuv, bilganlik.
Fe’lning modal shakli. Fe’l asosiga qo‘shilib, haraakatning miqdoriy tavsifini
bildiradigan, uning davomliligi, takroriyligi, kuchsizligi kabi modal ma’nolarni
ifodalaydigan shakllariga fe’lning modal shakli – nokategorial shakl deb aytiladi.
__________________________
19 Maxmudov N. Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. –228-bet
-a, -ga (-ka, -qa), -la, -gila (-kila, -qila, -g‘ila), -(i)sh, -(i)msira, -(i)nqira, -ra, -iq
kabi shakllar bilan ifodalanadi: buramoq, urnamoq, surgamoq, surkamoq, chayqamoq, quvlamoq, yugurgilamoq, turtkilamoq, tortqilamoq, ezg‘ilamoq, to‘lishmoq, oqarishmoq, yig‘lamsiramoq, oqarinqiramoq, aljiramoq, toliqmoq.


Fe’lning aloqa-munosabat kategoriyasi

Fe’lning aloqa-munosabat kategoriyalari zamon, mayl, shaxs-son kategoriyalari


kiradi. Zamon kategoriyasi. Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan
birida sodir boʻlishini bildiruvchi, Payt valentligiga ta’sir etuvchi orqali kesimni
shakllantirishda ishtirok etuvchi va undan anglashilgan voqelikning nutq
momentiga munosabatini ifodalovchi shakllarga zamon kategoriyasi deyiladi. Bunda 3xil zamon bor: oʻtgan, hozirgi va kelasi zamon.
Oʻtgan zamon. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning nutq
so‘zlanayotgan vaqtdan oldin bo‘lganini yoki bo‘lmaganini bildirgan shakllarga
o‘tgan zamon shakllari deyiladi. O‘tgan zamon fe’llari harakat va holatning gap
aytilayotgan vaqtdan oldin bo‘lganini bildiradi. O‘tgan zamon fe’llari har uchala
shaxda tuslanadi – -di; -(i)b, -gan(-kan, -qan + shaxs-son, (e)di, (e)kan, (e)mish
shakllari bilan ifodalanadi: eshitdi, uxlabdi, ishlabsan, yotganmish, turgandi.
Hozirgi zamon. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning nutq
so‘zlanayotgan vaqtda yuz berayotgani yoki bermayotganini bildirgan, harakatning
nutq momentida yuz berayotganligini ifodalaydigan shakllar tizimiga hozirgi
zamon kategoriyasi deyiladi. Hozirgi zamon shakllari harakat va holatning gap
aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi – -yap, -yotib, -yotir, -moqda
shakllari bilan ifodalanadi: o‘qiyapman, yozmoqdasan, o‘ylayotir, kulayotib, ishlayapti.
Kelasi zamon. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning nutq
so‘zlanayotgan vaqtdan keyin yuz berishi yoki bermasligini bildirgan, nutq
momentidan keyin yuz beruvchi harakatni ifodalaydigan shakllar tizimiga kelasi
zamon kategoriyasi deyiladi. Kelasi zamon fe’llari harakat va holatning gap
aytilayotgan vatdan so‘ng yuz berishini ifodalaydi – -adi; -(a)y, -jak, -gay(-g‘ay), - gusi, -ur, -(a)r, -moqchi + shaxs-son, (e)di, (e)kan, (e)mish shakllari bilan
ifodalanadi: qiladi, kelajak, kelgay, bo‘lg‘ay, borgusi, sochilur, o‘qiysan, yozar
ekan, kirmoqchi.

Download 52.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling