Jurnalistika fakulteti
Download 52.42 Kb.
|
Ergasheva Kumush. 318
Qiyoslash shakli. O‘xshatish-qiyoslash shakllari – -dek, -day (-doq, -aqa)
shakllari bilan ifodalanadi: shamolday, tog‘day, bahorday, boladek. Qarashlilik shakli. ning + ki = niki shakli bilan ifodalanadi: o‘zimniki, ukangniki, sotuvchiniki, hammamizniki. O‘rin belgisi shakli. da + gi = dagi shakli bilan ifodalanadi: shundagi, Namangandagi, shifokordagi. Chegara shakli. ga+cha=gacha (-kacha, -qacha) shakli bilan ifodalanadi: uygacha, eshikkacha, tonggacha, qishloqqacha. Otning aloqa-munosabat kategoriyasi Otning aloqa-munosabat kategoriyasiga egalik, kelishik kategoriyalari kiradi. Egalik kategoriyasi. Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib , asosda ifodalangan narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan shakllar tizimi egalik kategoriyasi hisoblanadi – -(i)m, -(i)ng, -si, -(i)miz, (i)ngiz, -lari shakllari bilan ifodalanadi: opam, akang, singlisi, hammamiz, ishingiz, uylari. Egalik affikslari odatda, ko`plik affiksidan keyin qo`shiladi: kitob+ -lar+ -im kabi. Egalik affiksi qo`shilgan ot, odatda, qaratqich kelishigidagi (belgili va belgisiz shakldagi) boshqa ot, olmosh va otlashgan so`z bilan bog`lanadi: daraxtning bargi, ipak qurti, mening vazifam, yaxshining so`zi kabi. Bu bog`lanish egalik affiksini olgan ot anglatgan predmetning qaratqich kelishigida kelgan so`zga qaramli ekanligini ko`rsatadi. Ba’zan uslub talabi nuqtai nazaridan shaxs va egalik affiksini olgan ot orasidagi munosabat o`zgacha bo`lishi mumkin, ya’ni II shaxs birlik sondagi egalik affiksini olgan ot shu shaxsning ko`pligi uchun qo`llanishi mumkin: senlarning maqsading kabi. Yoki, aksincha, otning II shaxs ko`plik shaklidagi egalik affiksini olgan ot shu shaxsning birligi uchun qo`llanishi mumkin: sizning opangiz kabi. Birinchi holda kamsitish, kesatiq kabi ma’nolar, ikkinchi holda esa hurmat ma’nosi ifodalanadi. Egalik affikslari otning gapdagi sintaktik vazifasini ko`rsatmaydi. Download 52.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling