Jurnalistika fakulteti


Download 52.42 Kb.
bet7/11
Sana11.02.2023
Hajmi52.42 Kb.
#1188659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ergasheva Kumush. 318

Kelishik kategoriyasi. Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, ularni boshqa so‘zlarga
tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiluvchi Grammatik shakllar tizimi kelishik
kategoriyasi hisoblanadi:16

  • Bosh kelishik – nol shakl bilan ifodalanadi: kitob, daftar, muhandis.

  • Qaratqich kelishigi – -ning shakli bilan ifodalanadi: yozuvchining

maktabning, ukamning, sening.

  • Tushum kelishigi – -ni shakli bilan ifodalanadi: uyni, oilani, muhokamani.

  • Jo‘nalish kelishigi – -ga (-ka, -qa) shakllari bilan ifodalanadi: eshikka, Toshkentga, onamga, qishloqqa.

  • O‘rin-payt kelishigi – -da shakli bilan ifodalanadi: koinotda, hayotda.

  • Chiqish kelishigi – -dan shakli bilan ifodalanadi: guldan, sendan, tomdan.

Otlarda kelishik affikslari turlovchi affikslar deb ham yuritiladi. Otlarning kelishiklar bilan o`zgarishi turlanish deb yuritiladi.
Kelishik shaklidagi otlar boshqa so`zlar bilan o`zaro sintaktik munosabatga kirishadi.
Qaratqich va qisman bosh kelishik shakli ot bilan otning, tushum, jo`nalish, o`rin-payt va chiqish kelishiklari, odatda, ot bilan fe’lning sintaktik munosabatini ko`rsatadi: oilaning ko`rki, onani ardoqlamoq, sayohatga bordi, maktabdan qaytdi.
Ba’zan kelishik shaklidagi otlar sifat, son, olmosh, ravish, undov bilan ham bog`lanib, ularga tobe bo`lib keladi: ipakdan mayin, talabalardan beshtasi, Barnoning o`zi, xonada ko`p, holiga voy kabi.
Kelishik shaklida kelgan otning ma’nosi va vazifasi uning leksik, grammatik ma’nosi, qanday so`zlar bilan (fe’l, ot) bog`lanishiga qarab aniqlanadi. Masalan: jo`nalish kelishigining asosiy ma’nosi harakatning yo`nalish o`rnini ko`rsatishidir: maktabga bordi. Bu ma’nodan tashqari jo`nalish kelishigida kelgan ot vosita, payt, atash, maqsad ma’nolarini ifoda qiladi: rasmga qaradi, kuzga qoldirildi, singlisiga oldi, o`qishga keldi kabi. Lekin kelishik ma’nolaridan biri asosiy ma’no sanaladi, kelishik nomi shu asosiy ma’noga ko`ra nomlanadi.

__________________________


6 Qodirov Z. O`zbek tilida grammatik kategoriyalarini system tahlil qilish (kelishik kategoriyasi) 21-bet

Download 52.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling