Jurnalistika fakulteti
- bob. Grammatik kategoriya turlari
Download 52.42 Kb.
|
Ergasheva Kumush. 318
2- bob. Grammatik kategoriya turlari
R. Sayfullayeva tasnifi bo‘yicha Grammatik kategoriyalar tasnifi: 1) Egalik kategoriyasi 2) Kelishik kategoriyasi 3) Son kategoriyasi 4) Daraja kategoriyasi 5) Nisbat kategoriyasi 6) O‘zgalovchi kategoriya 7) Harakat tarzi kategoriyasi 8) Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi 9) Kesimlik kategoriyasi Kesimlik kategoriyasi o‘z ichida bir necha turlarga bo‘linadi. a) Shaxs-son b) Zamon c) Tasdiq-inkor d) Mayl(modallik)13 Grammatik kategoriya ham serqirra mohiyatli lisoniy hodisa bo‘lganligi sababli turli tomonlama tasnif qilinadi. Masalan: 1) Kategoriya shakllarining ma’noviy tarkibiga ko‘ra 2) Morfologik kategoriyaning so‘z turkumi yoki gap bo‘laklariga xosligiga ko‘ra 3) Morfologik kategoriya sintaktik qobiliyatining yo‘nalishiga ko‘ra Shuningdek, sifatga xos bo‘lgan shakllar sifatning, songa xos bo‘lgan shakllar sonning kategoriyasini tashkil etadi. Bunda sifatning daraja yasovchi shakllarini sifatning tasniflovchi kategoriyasiga kiritamiz: -roq, -chil kabi; sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi shakllarni esa sonning tasniflovchi kategoriyasiga kiritamiz: -ta, -tadan , -ov(-ovlon), -ala, -tacha, -larcha, -lab, -lar, -(i)nchi. __________________________________ 13Sayfullayeva R. va boshqalar “Hozirgi o`zbek adabiy tili” 2009 Hozirgi o‘zbek tilida grammatik kategoriyaga munosabatiga ko‘ra so‘zning grammatik shakllari ikki turga bo‘linadi: 1) kategorial shakllar; 2) nokategorial shakllar. Kategorial shakllar ma’lum bir so‘z turkumiga xos grammatik shakllar sistemasiga birlashuvchi, demak, grammatik kategoriya hosil qiluvchi shakllardir: otlardagi grammatik son, egalik va kelishik shakllari, fe’llardagi zamon, shaxs-son shakllari: -im, -ing, -i; -ning, -ni, -ga kabi. Nokategorial shakllar ham ma’lum grammatik ma’noni anglatadi, ammo bir sistemaga birlashmaydi, ma’lum darajada mustaqillikka ega bo‘ladi.Otlardagi kichraytirish va erkalash shakllari, fe’llarning vazifa shakllari kabilar nokategorial shakllarga kiradi: -cha, -aloq, -xon, -gan, - (i)sh, -(i)b kabi. Grammatik kategoriyalarni quyidagi shakllar tizimi hosil qila oladi: 1. Otlarda: son, egalik, kelishik va kesimlik shakllari. 2. Sifatlarda: daraja shakllari. 3. Ravishlarda: qisman daraja shakllari. 4. Fe’llarda: zamon, shaxs-son, mayl, nisbat (daraja), bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakllari. Grammatik kategoriya sintaktik munosabat ifodalash yoki ifodalamasligiga ko‘ra morfologik kategoriya va sintaktik kategoriya kabi turlarga bo‘linadi. Morfologik kategoriya so‘zlarning turli morfologik ma’nolarini ifodalovchi grammatik ma’no va shaklning birligidir. Masalan, otlardagi son (birlik va ko‘plik), sifatlardagi daraja kategoriyasi, fe’llardagi bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi, nisbat kategoriyasi va boshqalar morfologik kategoriyalar hisoblanadi. Sintaktik kategoriya so‘zlarning sintaktik munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladigan shakl va ma’no birligidir. Otlardagi kelishik, egalik, kesimlik shakllari, fe’llardagi zamon, shaxs-son va mayl kategoriyalari sintaktik kategoriyalar hisoblanadi. Download 52.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling