Jurnalistika fakulteti


Otning tasniflovchi grammatik kategoriyalari


Download 52.42 Kb.
bet5/11
Sana11.02.2023
Hajmi52.42 Kb.
#1188659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ergasheva Kumush. 318

2.1 Otning tasniflovchi grammatik kategoriyalari

Otning tasniflovchi kategoriyalariga son shakli, kichraytirish va erkalash


shakllari kiradi. Otlarda birlik va ko‘plik ma’nosi va bu ma’noni ifodalovchi
shakllar sistemasi grammatik son kategoriyasini tashkil etadi. Mantiqiy va
Grammatik ko‘plikni aralashtirmaslik kerak. Masalan, jamlovchi ot (omma, qo‘shin, poda, suruv) mantiqan predmet jamini bildiradi, lekin grammatik jihatdan
birlikda deb qaraladi. Son kategoriyasining ikki: -lar affiksi bilan yasaluvchi
ko‘plik shakli va nol ko‘rsatkichli birlik shakli bor. Bulardan -lar affiksi otning
ko‘plik shaklini yasaydi, birlik shakl esa nol ko‘rsatkichli bo‘ladi.14
-lar shaklining «bog‘liqlik yoki o‘xshashlikka asoslangan ko‘plik»ni ifodalashi
quyidagi misolda ko‘rinadi: 1. Asallar mehmon bo‘lib kelishdi. (Asal va uning oila
a’zolari). 2. Avvalgi Otabeklar qayda qoldi (Otabekga o‘xshaganlar).
-larning miqdoriy va sifatiy belgisi ayrim holda unga makon va zamon o‘lchovida
taxminiylikni ifodalash imkonini beradi. Masalan, 1. Buvim dunyodan o‘tganlarida
uch yoshlarda edik. 2. O‘n yillar oldin men ham shu qizlar yoshida edim.
-larning kuchaytirilgan ma’no ifodalashi: Ya’ni tabiatda aslida “bitta” yoki “juft” bo‘lgan shakllarga qo‘shilib uni kuchli qilib ko‘rsatish uchun ko‘plik shakli
beriladi: Boshlarim og‘rib ketti. 15
Otning kichraytirish-erkalash shakli:
-cha:
a) shaxs va predmetning kichik ekanligini: (uycha), (quticha);
b) erkalash ma’nosini: (o‘g‘ilcha), (bolacha);
d) kamsitish ma’nosini: (buvacha), (mullacha).
-gina:
____________________________
14Sayfullayeva R. va boshqalar “Hozirgi o`zbek adabiy tili” 2009
15 G`ulomov A. O`zbek tilida ko`plik kategoriyasi. Toshkent: O`zdavnashr.1945.77b
a) kichraytirish: (qizgina), (bolagina);
b) achinish: (sho‘rlikkina);
d) erkalash: (bolaginam). -(a)loq qo‘shimchasi ayrim otlarga qo‘shilib, erkalash ma’nosini bildiradi:
(bo‘taloq), (qizaloq), (toyloq). Shaxsiy munosabat (erkalash) shakllari (-jon, -xon, -oy, -bonu) shaxs bildiruvchi
atoqli va turdosh otga qo‘shilib, erkalash, suyish ma’nosini ifodalaydi: (Sohibjon), (oyijon), (Asalxon), (Sidiqabonu).

Download 52.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling