Jurnalistika fakulteti
Fe’lga xos grammatik kategoriyalar va ularning vazifasi
Download 52.42 Kb.
|
Ergasheva Kumush. 318
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nisbat kategoriyasi
- Aniq nisbat
- Orttirma nisbat
- O‘zlik nisbati
- Majhul nisbat
2.2 Fe’lga xos grammatik kategoriyalar va ularning vazifasi
Fe’lning grammatik kategoriyalariga tasdiq-inkor, nisbat, oʻzgalovchi, fe’lning modal shakli, mayl, zamon, shaxs-son kategoriyasi kiradi. Bu kategoriyalar o‘ziga tegishli bo‘lgan kategoriya ma’nolarini o‘z ichiga oladi. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi. Fe’l harakatning bajarilish-bajarilmasligiga munosabatiga ko‘ra bo‘lishli-bo‘lishsiz shaklli fe’llarga bo‘linadi. Bo‘lishli fe’llar harakatning yuz berganini bildiradi va nol ko‘rsatkichga ega: o‘qigan, o‘qiyotgan... Bo‘lishsizlikni hosil qiluvchi fe’l kategoriyalariga: -ma, -mas, -may, -mayib, - masdan, -maslik kabi shakllarni kiritamiz: o‘qimadi, ishlamaslik, bilmay...17 Nisbat kategoriyasi. Fe’ldan anglashilgan harakat-holat bilan shu hara-kat-holatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o‘rtasidagi munosabatni ifodalovchi shakllarga nisbat kategoriyasi deyiladi. «Fe’lni boshqa so‘zlarga bog‘lash va fe’lga otga xos vazifalarini berish»18 Nisbat kategoriyalari 5ta: ● Aniq nisbat. Harakatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishini bildiradi – nol shakl bilan ifodalanadi: o‘qidi, kelyapti. ● Birgalik nisbat. Fe’l o‘zagidan anglashilgan harakatning bir necha shaxs tomonidan bajarilishini, harakatni bajarishda bajaruvchining birgalashuvini bildiradi – -(i)sh shakli bilan ifodalanadi: oʻqishdi, kelishyapti. ● Orttirma nisbat. Harakat bajaruvchisini orttirish, jarayonga “ortiqcha” bajaruvchini kiritish va fe’l oʻzagidan anglashilgan harakatga da’vat qilingan shaxs ma’nosini bildiradi,o‘timsiz fe’lni o‘timli fe’lga aylantiradi – -dir (-tir), -gaz (-kaz, -qaz, -g‘az, -giz, -kiz, -qiz, -g‘iz), -(i)t, -iz, -ir, -ar, -sat shakllari bilan ifodalanadi: yozdir, keltir; ko‘rgaz, yurgiz, toʻldirg‘iz, yotqiz, tutqaz, ketkiz, yurg‘az; o‘qit,kuylat, yurit, kirit; oqiz, tomiz; ichir, kechir, shoshir, botir; chiqar, qaytar; ko‘rsat ____________________ 17 G‘ulomov A. Fe’l. - Toshkent: Fan, 1954.67-bet 18 Sayfullayeva R. va boshqalar “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” 2009, 294-bet ● O‘zlik nisbati. Harakatning subyekti va obyektini birlashtirish, harakatni bajaruvchi shaxs bilan harakat tushgan obyekt birlashgan holda boʻladi, o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantiradi – -(i)n, -(i)l shakllari bilan ifodalanadi: yuvindi, kiyindi, qoʻzgʻaldi. ● Majhul nisbat. Harakatni bajaruvchi shaxs noma’lum boʻladi, fe’l “subyektsizlashadi”, aniqrog‘i, obyekt ustuvorlashib, ega vazifasiga o‘tadi, mantiqiy obyekt grammatik ega maqomini oladi – -(i)n, -(i)l shakllari bilan ifodalanadi: yuvildi, qilindi, bajarildi. Download 52.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling