Efir soati: 22 soat.
Efir qamrovi: Respublika bo`ylab.
Qaysi auditoriya uchun faoliyat yuritadi
Aholining barcha qatlamlari, keng auditoriya uchun mo`ljallangan
Tarkibidagi muharririyatlar va ularning vazifalari
«Axborot» informatsion eshittirishlar muharriyatining har soatda efirga beriladigan «Axborot» dasturida mamlakatimizda va jahonda ro`y berayotgan muhim voqea va hodisalarga e’tibor qaratiladi. Jamiyatimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, turli sohalarda qo`lga kiritilayotgan yutuqlar targ`ib qilinadi.
Keyingi yillarda eshittirishlar xajmi kengayibgina qolmasdan, sifati tubdan yaxshilandi. Eng asosiysi to`g`ridan-to`g`ri efirda beriladigan informatsion dasturlarda telefon orqali axborot uzatish yo`lga qo`yildi.
«Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy eshittirishlar» muharririyati umumilliy ahamiyatga ega bo`lgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial muammolar - iqtisodiyot, qishloq xo`jaligi, tadbirkorlik, fermerlar harakati, sog`liqni saqlash, ta’lim, madaniyat hamda ijtimoiy hayotning boshqa sohalarini rivojlantirish masalalariga doimiy e’tibor qaratadi.
Fuqarolarning ta’lim darajasini, siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining eng muhim yo`nalishlari bo`yicha dolzarb va muammoli mavzularda eshittirishlar tayyorlanadi. Muharririyatning «Shu kunning mavzusi», «Qishloq hayoti», «Iqtisod olamida», «Kim haq?», «Adashganlar qismati» kabi tahliliy-tanqidiy ruhdagi qator eshittirishlari radiotinglovchilar o`rtasida alohida tanilgan.
«Madaniy-ma’rifiy, badiiy eshittirishlar» muharririyati da ham ma’naviy-ma’rifiy targ`ibot ishlari bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirib borilmoqda. Bu borada zamonaviy media texnologiyalardan hamda radio jurnalistikaning turli janrlaridan unumli foydalanishga, yuksak professional yondoshuvga harakat qilinmoqda.
«Ko`ngilochar va musiqiy eshittirishlar» muharririyati xalqimizning boy madaniy va ma’naviy merosini saqlash va ommalashtirishga, folklor-etnografik an’analarni rivojlantirishga, tinglovchilarni milliy hamda jahon musiqasi, qo`shiqchilik san’atining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirishga alohida diqqat qaratadi. Muharririyatning «Yaxshi kayfiyat», «Baxshilar bayoti», «Durdona», «Tabassum», «Musiqa javoni» kabi eshittirishlari radiotinglovchilar o`rtasida alohida tanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |