K. A. Alimov va boshq.; S. S. G‘ulo-movning umumiy tahriri ostida. T.: «Sharq»


Download 1.79 Mb.
bet72/77
Sana20.11.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1788915
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Takrorlash uchun savollar.



  1. Multimedia muhitida o‘qitish kurslaridan qanday yo‘nalish-larda foydalanish mumkin?

  2. Multimedia kursini ishlab chiqish qanday bosqichlarni qamrab oladi?

  3. Qanday sifat darajalari mavjud?

  4. Ta’lim berish texnologiya va usullariga nimalar kiradi?

  5. «Iqtisodiy informatika» elektron darsligining afzallik tomonlarini aytib bering.




6 – b o b.
AXBOROT XIZMATINING ZAMONAVIY TURLARI


«Dunyoda ilmdan boshqo na-jot yo‘q va bo‘lmag‘ay».

Imom al-Buxoriy.




6.1-§. AXBOROTNI FAKSIMIL UZATISH

Axborotni faksimil uzatish zamonaviy axborot texnologiyasi – elektron pochtaga mansub.


Ma’lumotlarni faksimil uzatish usuli yangilik emas, ammo uni zamonaviy texnologik darajada amalga oshirish uni odamlar o‘rtasida axborot almashinuvining vositasi sifatida qo‘llash ko‘lamini kengroq o‘ylab ko‘rish imkonini beradi.
Faksimil tizim har qanday turdagi hujjatli axborotni uzatish imkonini beradi: matn, gazeta, qo‘lyozma, grafika yoki fotografiya va hokazo. Bu uslubning afzalligi shundaki, uzatilayotgan hujjat asl nusxasining aniq tasviri beriladi.
Ta’kidlash joizki, faksimil aloqaning o‘tmishdoshi fototelegraf asosida tasvir belgilar qo‘yish tamoyili yotar edi.
Faksimil aloqa apparaturasida intefal sxema, mikroprotses-sorlar, zaryaddi aloqa asboblari, lazer, yangicha chop etish usullari, tez skanerlovchi qurilmaning qo‘llanishi faksimil apparatlardan foydalanish sohasini yanada kengaytirish hamda uning tavsifini sezilarli darajada o‘zgartirish imkonini bera­di. Masalan, mavjud faksimil usullardan biriga ko‘ra, elektr signali yozuvi nurli signalga aylanadi. Co‘ngpa yorug‘likni sezuvchi qog‘ozga ta’sir ko‘rsatadi. Uning paydo bo‘lishi kserokopiya yoki elektron foto­grafiya prinsipi asosida ro‘y beradi. Yana bir boshqa usul elektromexanik qurilma yordamida siyoh bilan qog‘ozga yozuv tushirish imkonini beradi. Shuningdek, oddiy qog‘oz va elektr o‘tkazuvchi siyohdon bilan yozish usulidan foydalaniladi.
Faksimil apparatlar to‘rtta guruh bo‘yicha tavsiflanadi. Bi-rinchi guruhga oddiy texnik vazifalar hal etiladigan, ya’ni bara-banli qurilma, oddiy qog‘ozga kontaktli yozish apparatlari kiradi. Bunda A4 formatini uzatish vaqti odatda 3 minutni tashkil etadi.
Ikkinchi guruhga mansub apparatlar ham axborotni taxminan shu tezlikda oshiradi. Ammo ular kengrok ko‘lamda – 1 mm maydonda to‘rtta liniyani uzata oladi. Birinchi va ikkinchi guruhdagi apparat-larda signallarning o‘xshash modulyatsiyasi (amplitudali yoki chasto-tali) qo‘llaniladi va ular telefon kanallari bo‘yicha uzatiladi.
Uchinchi va to‘rtinchi guruhdagi apparatlarda raqamli modulyatsiya va signallar qo‘llaniladi, hamda ma’lumotlarni uzatish kanallari orqali uzatiladi. A4 standart formatini uzatish vaqti bir minutdan oshmaydi. Masalan, to‘rtinchi guruhga mansub, yuqori tez-likka ega raqamli faksimil apparata (NTT DD Digital Fax – Yaponiya) A4 formatini 30 sekundda 9600 bit/sekund tezlikda uzata oladi. Ushbu apparatda tasvirni yozish MOP strukturasi yordamida, nusxa olish esa elek­trostatistik uslub orqali amalga oshiriladi.
Faksimil uzatishni ovozga uzatish bilan raqamli shaklda kombinatsiyalash mumkin. Buning uchun 64 Kbit/ sekund talab etiladi va bu holatda raqamli kanaddan yoki navbati bilan, yoki nutq bilan bir paytda(ovoz tezligi 56 Kbit/sekund, tasvir tezligi 8 Kbit/se­kund) uzatish mumkin. Nutqni uzatish uchun faksimil terminal va tarmoq o‘rtasida interfeys aloqani ta’minlashi zarur.
Tasvir signallarini raqamli ko‘rinishga aylantirishda faksi-mil apparat ma’lumotlarning umumiy sxemasiga kiritiladi. 1.30-rasmda turli xil axborotlarni uzatish ko‘rsatilgan. Unda guruh signallari sta­tistik multipleksor tomonidan amalga oshiriladi. U tarmoqda eng oxirgi quril-malarni terminallar. kompyuterlar, faksimil apparatlar, teleks va hokazo-larni birlashtirish imkonini beradi. Statistik multipleksor vazifasi tizim uchun ajratilgan umumiy chastotadan maksimal foydalanish maqsadida chastotali va vaqtinchalik kanallarni dinamik taqsimlashdan iborat.
1.30-rasmda keltirilgan sxema zamonaviy elektron pochta tizimi uchun an’anaviy sanaladi.
Nisbatan qimmat turadigan telefon kanallaridan samarasiz foydalanganda past tezlikka ega faksimil aloqadan foydalanuvchi ko‘proq harajat sarflaydi. Yutsori tezlikka ega faksimil apparat-lari axborotni nisbatan past narxda uzatipshi ta’minlaydi. Ayni payda bu apparatning narxi past tezlikka ega apparat narxidan yuqori turadi. Mutaxassislar fikricha, za­monaviy faksimil aloqa vositalaridan foydalanib bir kunda beshta hujjat uzatishga ulgurilsa, bu muassasa uchun rentabelli hisoblanar ekan. Faksimil aloqa vositalarining rivojlanish istiqboliga kelsak, bunda faksimil aloqa bilan hozirda keng tan olingan elek­tron pochta o‘rtasida aloqaning uzilishiga yo‘l kuymaslik kerak.





Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling