K arim a q osim ova
Download 48 Kb. Pdf ko'rish
|
Ona-tili-oqitish-metodikasi
sen
II shaxsni, и III shaxcni ko'rsatadi. Shundan so'ng biz, siz, ular olmoshlari yuzasidan suhbat o'tkaziladi. Kishilik olmoshlarining bir lik va ko'pligi taqqoslash orqali tushuntiriladi va qaysi paytda men, sen, u, qaysi paytda biz, siz, ular qo'llanilishi ustida ishlanadi. Egalik qo'shimchalari ifodalaydigan 3 ta shaxs: so'zlovchi (men), tinglovchi (sen), o'zga (и) eslatiladi va ular kishilik olmoshlari bilan bog'lanadi. Olmoshning gapda asosan ega vazifasida kelishi aytiladi. Kishilik olmoshlarining ko'pligini tushuntirishda „Biz Vatan ha qida ko'p maqollar bilamiz. Siz ham shunday maqollardan bilasizmi? tarzidagi gaplardan foydalanish mumkin. O'quvchilaming kishilik olmoshlari yuzasidan olgan tushunchalari bir necha dars davomida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlariga so'roq berish, qaysi so'roqlarga javob bo'layotganini aniqlash, matndan kishilik olmosh- larini topish, ularni o'zi bog'langan so'z bilan ko'chirish, kishilik olmoshlari ishtirokida gap tuzish, ularning gapda qanday bo'lak bo'lib kelayotganini aniqlash, kishilik olmoshlarining shaxs-sonini aytish, berilgan fe’llarga mos kishilik olmoshlarini tanlash va gap tu zish (Onamga yordam berdim. Onangga yordam berdingmi? Onasiga yordam berdimi?) kabi topshiriqli mashqlar bajariladi. Ayrim matnlar shaxsini o'zgartirib ijodiy qayta hikoya qildiriladi. Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tish. Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'tishdan oldin shu mavzuni o'quvchilar ongli o'zlashtirishlari uchun xattaxtaga kelishiklarga doir jadval osib qo'yiladi. Suhbat metodidan foydalanib shu jadval asosida kelishiklar haqidagi o'quvchilar olgan bilimlar takrorlanadi va ulaming yangi mavzuni o'rganishlariga zamin tayyorlanadi: — Nechta kelishik bor? Ularning nomini, qo'shimchasi va so'rog'ini ayting. — Kelishiklar qaysi so‘z turkumiga qo'shiladi? — Kelishik qo'shim chalari qanday vazifa bajaradi? Misollar bilan tushuntiring. O'quvchilar aytgan bitta gap xattaxtaga yozdiriladi va tahlil qilinadi. Masalan: Bilim davlatdan qimmat. (Maqol) Davlatdan - ot, chiqish kelishigi qo'shimchasini olgan, -dan qo'shimchasi otni qimmat so'ziga bog'lagan. O'quvchilar javobi umumlashtiriladi. Shundan so'ng oldindan xattaxtaga yozib qo'yilgan darslikdagi mashq ustida ishlanadi: — O'qing. Tagiga chizilgan so'z qaysi turkumga kiradi? Shu so'z qaysi shaxsni bildiradi? Bizni olmoshi qaysi qo'shimcha bilan qo'llangan? Bu qo'shimcha biz olmoshini qaysi so'zga bog'lagan? Ularni birlikda yozing: Bizni olib bordilar. Kelishik qo'shimchasini va bog'lanishini tegishlicha belgilang. Kelishik nomini qisqartirib tepasiga yozing. — Ikkinchi gapni o'qing. Olmoshning qaysi kelishik qo'shimchasini olganini ayting. Qaratqich kelishigi otni qaysi so'zga bog'lagan? Ularni birikma tarzida yozing: Bizning ko'z o ‘ngimizda. Qo'shimchani va so'zlaming bog'lanishini belgilang. Qolgan gapiar ustida ham shu taxlitda ishlanadi. Xattaxtaning bir tomonida quyidagi birikmalar yuzaga keladi: Bizni olib bordilar. Bizning ko'z o'ngimizda. Bizga gapirib berdi va boshq. O'quvchilar javobi yana suhbat yo'li bilan umumlashtiriladi: — Kishilik olmoshlari qaysi qo'shimchalami oladi? — Qaysi kelishik qo'shimchalari olmoshga qo'shilib keladi? — Bu qo'shimchalar olmoshlarni qaysi so'zlarga bog'laydi? (boshqa so'zlarga) — Kelishik qo'shimchasini olgan bizning, bizni, bizga, bizda, biz dan kabilar qaysi so'roqlarga javob bo'lyapti? Ular gapda qaysi bo'lak bo'ladi? (2-darajali bo'lak) — Biz olmoshiga so'roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda qaysi bo'lak bo'lib kelyapti? (Ega) O'quvchilar javobi aniqlashtiriladi va umumlashtiriladi: — Kishilik olmoshlari ham kelishik qo'shimchalarini oladi. Kelishik qo'shimchalarini olganda olmoshlar turlanadi. Tushum, qaratqich, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigidagi olmoshlar gapda 2-darajali bo'lak bo'lib keladi. Bosh kelishikda esa ega vazifasini bajaradi: Biz mehnatni sevamiz. Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushun cha mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmosh larining qaysi kelishikda ekanligini aniqlash, ularni o'zi bog'langan so'z bilan birikma tarzida ko'chirish, shaxs-sonini topish, chiziqchalar o'rniga topshiriqqa mos olmoshlarni qo'yish, ot o'rnida qo'llangan olmoshlarni aniqlash, ijodiy matnlar tuzish kabi topshiriqli mashqlar bajartiriladi. Keyingi darslarda o'quvchilaming kishilik olmoshlarining kelishik lar bilan turlanishi paytidagi imlosini o'zlashtirishlariga, ijodiy yozma ishlar uyushtirishga va ularda kishilik olmoshlaridan to'g'ri foydalanib, nutqda uslubiy jihatdan to'g'ri qo'llashlariga, shuningdek, nutqda kishilik olmoshlaridan o'rinsiz va tinimsiz foydalanishlarini bartaraf etishga ahamiyat qaratiladi. Kishilik olmoshlarini o'rinsiz ko'p ish- latishlarini bartaraf etish uchun o'quvchilaming ijodiy yozma ishlari: bayon va insholari o'qib berilib, tahlil qilinadi. O'quvchilar nutqida kishilik olmoshlarini man, san tarzida sheva ta’siriga berilib talaffuz qilish holatlari uchraydi. Kishilik olmoshlariga ajratilgan darslarning yana bir vazifasi shu kabi kamchiliklami ham yo'qotishdir. O'quvchilarni kishilik olmoshlaridan nutqda to'g'ri foydalanishga o'rgatish nutqiy g'alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf etadi. Savol va topshiriqlar Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling