K arim a q osim ova


Download 48 Kb.
Pdf ko'rish
bet197/280
Sana03.06.2024
Hajmi48 Kb.
#1841679
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   280
Bog'liq
Ona-tili-oqitish-metodikasi

1. Gaplarni yoyish. 
Buning uchun gapning qaysi bo'lagi yoyishni 
talab qilishi aniqlanadi. Masalan, 
„Daraxtlar gullaydi"
gapini tahlil qi­
lish uchun berilgan ega va kesim (gapning asosi) ajratiladi.
— Daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qaysi so'zni 
qo'shish kerak?
— Qachon gullaydi? (bahorda gullaydi)
— Bu so'z gapning qaysi bo'lagi bo'ladi? (Ikkinchi darajali bo'lak)
— U gapning qaysi bo'lagiga bog'lanadi, ya’ni tobelanadi? (Ke- 
simga bog'lanadi)
— Gapga egani izohlaydigan yana bitta so'z qo'ying. Qanday gap 
hosil bo'ldi? (Mevali daraxtlar bahorda gullaydi).
2 . So'zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash. 
Awal gapning asos­
lari (ega va kesim) tiklanadi (aniqlanadi), so'ng so'roqlar yordamida 
ikkinchi darajali bo'laklar (so'z birikmalari) „topiladi", tiklanadi. 
Masalan, 
Mashinada, teradi, terimchi, paxtani.

Gap kim haqida aytilgan? (Terimchi haqida, 
kim? —
terimchi)
— U haqda nima deyilgan? (Teradi. 
Terimchi teradi
— bosh 
bo'laklar).
— So'roqlar yordamida so'z birikmasini toping. 
Nimani? teradi 
(Paxtani teradi), 
nimada? teradi
(Mashinada teradi). Keyin gapda 
so'zlaming qulay tartibi aniqlanadi 
(Terimchi paxtani mashinada 
teradi).
Gap ohanggi ustida ishlanadi.
3. U zluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. 
Mashq­
ning bu turi ongli bo'lishi uchun har bir gapning bosh bo'laklarini va 
so'z birikmalarini ajratish lozim.
4 . Gapni tahlil qilish va chizmasini chizish. 
Gap tahlil qilinayot- 
ganda dastlab uning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi 
darajali bo'lak, kesimni izohlovchi ikkinchi darajali bo'lak, boshqa 
ikkinchi darajali bo'lakni izohlovchi ikkinchi darajali bo'lak ajratiladi. 
Shunday qilib, asta-sekin so'z birikmalari ham aniqlanadi.


5. 0 ‘qituvchi bergan chizma yoki so'roqlar asosida gap tuzish:
Kim? nimalarni? nima qildi?
(Bola olmalami terdi).
So‘z birikmasi ustida ikki yo‘nalishda ish olib boriladi:
1) so'z birikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida 
qaraladi;
2) so‘z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, 
masalan, 
soat —
so‘z, 
oltin soat, qo‘1 soat, osma soat, elektron soat — 
so'z birikmalari.
Quyida 2-sinfda gapning bosh bo'laklarini o'rganishga oid dars 
namunasini keltiramiz:
Mavzu: Gap (gap asosini aniqlash).
Darsning maqsadi:
1. O'quvchilarda gap kim yoki nima haqida aytilganini (ega­
ni) va u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni (kesimni) gapdan 
topish ko'nikmasini shakllantirish.
2. Nutqdan gapni ajratish ko'nikmasini o'stirish.
3. O'quvchilarni o'z fikrini aniq, tushunarli va ravon ifodalashga 
o'rgatish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars
Darsning metodi: suhbat, izlanish metodi

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   280




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling