gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam aham iyatli
fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham
shunday ish olib boriladi va o'quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya
qiladilar. O 'qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga II sinfdan boshlab
o'rgatiladi.
Tanlab hikoyalash ham b olalam ing tafakkuri va nutqini o'stirish v o
sitalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda o'quvchi: 1) o'qilgan m atndan
bir qism ini, lining chegarasini ongli ravishda ajratib so'zlab beradi; 2)
hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi; 3) hikoya m azm u nin i faqat
bir sujet yo'nalishida so'zlab beradi.
O 'quvchilarda tanlab qayta hikoyalash m alakasini h osil qilishga
boshlang'ich sin f izohli o'qish darslarida keng qo'llaniladigan m etodik
usullar yordam beradi: 1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoya
lash; 2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;
3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish.
O 'quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o'qilgan m atnni
tahlil qiladi. Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi m usta-
qillikni o'stiradi va o'qilgan matn m azm unini o'zlashtirishga yordam
beradi.
H ikoyani o'qish bilan bog'liq holda o'tkaziladigan ijodiy ishlar
ham o'quvchilar nutqini, tafakkurini o'stiradi. Bular: 1) ijodiy qayta
hikoyalash; 2) inssenirovka qilish; 3) o'qilgan asarga rasm chizish; 4)
hikoyani davom ettirish.
Ijodiy qayta hikoyalashda o'qilgan hikoyaning sharoiti yoki shak
lini o'zgartirib hikoya qilinadi. Bunda hikoyani yangi epizodlar bilan
to'ldirib hikoya qilish ham m um kin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |