K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


“Hisobdor shaxslarga qarz” –


Download 1.67 Mb.
bet166/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

6970 “Hisobdor shaxslarga qarz” – ushbu passiv schyotning kreditida hisobdor shaxslar oldida majburiyatlarni vujudga kelishi, debetida esa ushbu majburiyatlarning yopilishi aks ettiriladi. Hisobdor shaxslar oldidagi majburiyatlarni vujudga kelishi harajatlar schyotlarining ( 2010,2310,2510,9420 va boshqalar) debetida, ularni yopilishi esa pul mablag‘lari schyotlarining ( 5010 ) kreditida aks ettiriladi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir hisobdor shaxs bo‘yicha olib boriladi.

  • 6990 “ Boshqa majburiyatlar” – ushbu passiv schyotning kreditida korxonaning turli boshqa kreditor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlari, masalan xodimlar ish haqidan ushlangan alimentlar va boshqa to‘lovlar, turli xizmatlar uchun hisoblangan majburiyatlari, debetida esa ushbu majburiyatlarning uzilishi aks ettiriladi. Majburiyatlarning vujudga kelishi harajatlar schyotlarining (2010,2310,2510,9410,9420), shuningdek ish haqi schyotining ( 6710 ) va boshqa schyotlarning debetida, uzilishi esa pul mablag‘lari schyotlarining ( 5010,5110 va boshqalar ) kreditida hisobga olinadi. Ushbu schyotning analitik hisobi har bir kreditor bo‘yicha yuritiladi.

    O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari



    1.Majburiyatlar - bu
    a) korxonaning xususiy kapitali
    b) korxonaning qarzlari
    v) olinadigan schyotlar
    g) korxonaning foydasi


    2.Quyidagilarning qaysi biri to‘g‘ri
    a) Majburiyatlar milliy valyutada boshlang‘ich qiymatda hisobga olinadi
    b) Majburiyatlar chet el valyutasida hisobga olinadi
    v) Majburiyatlar milliy valyutada sof qiymatda balansda aks ettiriladi
    g) Majburiyatlar hohlagan valyutada hisobga olinadi


    3.Quyidagilarning qaysi biri sotishdan olingan daromaddan olinadigan soliq majburiyatlarini ifodalaydi?
    a) Debet 1010 Kredit 6410
    b) Debet 4010 Kredit 6410
    v) Debet 9010 Kredit 6410
    g) Debet 9110 Kredit 6410



    Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   277




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling