Satr kodi
| Satrning nomi |
Satrni to‘ldirish tartibi
|
| AKTIV |
|
| |
|
010
|
Asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati
|
Asosiy vositalar hisobi uchun mo‘ljallangan 0110-0190 va 0310 –schyotlarning oxirgi debet qoldiq summalari jamlanadi va topilgan umumiy summa aks ettiriladi
|
011
|
Asosiy vositalarning jamlangan eskirish summasi
|
Asosiy vositalarning eskirishi hisobi uchun mo‘ljallangan 0210-0299 schyotlarning oxirgi kredit qoldiq summalari jamlanadi va topilgan umumiy summa aks ettiriladi
|
012
|
Asosiy vositalarning qoldiq (balans) qiymati
|
010 –satr summasidan 011-satr summasini ayirish yo‘li bilan topiladi
|
020
|
Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati
|
Nomoddiy aktivlar hisobi uchun mo‘ljallangan 0410-0490-schyotlarning oxirgi debet qoldiq summalari jamlanadi va topilgan umumiy summa aks ettiriladi
|
021
|
Nomoddiy aktivlarning jamlangan eskirish summasi
|
Nomoddiy aktivlarning eskirishi hisobi uchun mo‘ljallangan 0510-0590 schyotlarning oxirgi kredit qoldiq summalari jamlanadi va topilgan umumiy summa aks ettiriladi
|
022
|
Nomoddiy aktivlarning qoldiq (balans) qiymati
|
020 –satr summasidan 021-satr summasini ayirish yo‘li bilan topiladi
|
030
|
Uzoq muddatli investitsiyalar, jami
|
040,050,060,070,080-satrlarning summalarini qo‘shish yo‘li bilan topiladi
|
040
|
Qimmatli qog‘ozlar
|
Qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan investitsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan 0610 – schyotning debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi
|
050
|
Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar
|
Sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga kiritilgan investitsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan 0620 – schyotning debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi
|
060
|
Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar
|
Qaram xo‘jalik jamiyatlariga kiritilgan investitsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan 0630 – schyotning debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi
|
070
|
Chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar
|
Chet el kapitali mavjud korxonalarga kiritilgan investitsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan 0640 – schyotning debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi
|
080
|
Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar
|
Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar hisobi uchun mo‘ljallangan 0690-schyotning debet qoldig‘i summasi aks ettiriladi
|
090
|
O‘rnatilmagan asbob-uskunalar
|
O‘rnatilmagan asbob-uskunalar hisobi uchun mo‘ljallangan 0710 va0720-schyotlarning debet qoldiqlari summalarining yig‘indisi aks ettiriladi
|
100
|
Kapital quyilmalar
|
Kapital quyilmalar hisobi uchun mo‘ljallangan 0810-0890 schyotlarning debet qoldiqlari summalarining yig‘indisi aks ettiriladi
|
110
|
Uzoq muddatli debitorlik qarzlar
|
Uzoq muddatli (bir yildan ortiq) debitorlik qarzlar hisobi uchun mo‘ljallangan 0910-0940 schyotlarning debet qoldiqlari summalarining yig‘indisi aks ettiriladi
|
111
|
Shundan: muddati o‘tgani
|
Ma’lumot tariqasida 0910-0940 schyotlarda aks ettirilgan uzoq muddatli debitorlik qarzlarning oxirgi to‘lov muddati keyin 90 kundan ortiq vaqtda kelib tushmagan qismi aks ettiriladi
|
120
|
Uzoq muddatli kechiktirilgan harajatlar
|
Uzoq muddatli kechiktirilgan harajatlar (daromad solig‘i, diskont va chegirmalar bo‘yicha, shuningdek boshqa muddati uzaytirilgan harajatlar) hisobi uchun mo‘ljallangan 0950-0990 schyotlarning debet qoldiqlari summalarining yig‘indisi ko‘rsatiladi
|
|