K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet23/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

1-bo‘lim bo‘yicha jami

2600

1-bo‘lim bo‘yicha jami

6200













2-bo‘lim. Joriy aktivlar




2-bo‘lim. Majburiyatlar




Ishlab chiqarish zaxiralari

4500

Qisqa muddatli kreditlar

1000

Tayyor mahsulotlar

1500

To‘lanadigan schetlar

600

Tovarlar

1300

Olingan avanslar

1400

Pul mablag‘lari

200

Byudjet oldidagi qarzlar

600

Debitorlik qarzlar

500

Ish haqi bo‘yicha qarzlar

500

2- bo‘lim bo‘yicha jami

8000

Sug‘urta bo‘yicha qarzlar

200




Boshqa qarzlar

100



2- bo‘lim bo‘yicha jami


4400

BALANS


10600

BALANS


10600

Buxgalteriya balansining turlari. Korxonalar tomonidan tuziladigan buxgalteriya balansini turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin, masalan tuzilgan sanasiga qarab, ma’lumotlarni jamlash hajmiga qarab, sub’ektlarni moliyalashtirilishiga qarab, regulirovka schetlari qoldiqlari hisobga olinganligiga qarab va boshqa belgilari bo‘yicha (4-chizmaga qarang).
Tuzilgan sanasiga ko‘ra buxgalteriya balansini quyidagi turlarga ajratish mumkin: kirish ( yoki ta’sis ) balansi; boshlang‘ich va hisobot balansi; tugatish balansi; birlashtirish va ajratish balansi.
Kirish yoki ta’sis balansi deganda korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasiga, ya’ni ta’sis etilgan kuniga tuzilgan balansi tushuniladi. Odatda ushbu sanaga tuzilgan balansning aktivida faqat ta’sischilarning yangi tashkil etilgan korxona oldidagi qarzi, balansning passivida esa e’lon qilingan ustav kapitalining miqdori ko‘rsatiladi.

Buxgalteriya balansi






1.Kirii (ta’sis) balansi
2.Boshlang‘ich balans
3.Hisobot balansi
4.Tugatish balansi
5.Birlashtirish va ajratish balansi

Tuzilgan sanasiga ko‘ra





1.Yig‘ma balans


2.Alohida balans
3.Konsolidatsiyalashtirilgan balans

Ma’lumotlarni jamlashiga ko‘ra





Sub’ektlarni moliyalashtiri-lishiga ko‘ra



1.Davlat byudjetidagi muassasalar
balansi
2.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
balansi



Ma’lumotlarni jamlash sikllariga ko‘ra



1.Sinov balansi
2.Tuzatilgan sinov balansi
3.Yakuniy balans



Regulirovka schyotlar ma’lumotlarini hisobga olganiga ko‘ra

1.Balans –brutto
2.Balans -netto



4-chizma. Buxgalteriya balansini tasnoflash asoslari




Boshlang‘ich balans deganda hisobot davri boshiga, hisobot balansi deganda esa hisobot davrining oxiriga tuzilgan balans tushuniladi. Hisobot balansi keyingi davr uchun boshlang‘ich balans bo‘lib hisoblanadi.
Tugatish balansi – korxona tugatilishi sanasiga tuzilgan balans.
Birlashtirish balansi – ikki va undan ortiq korxonalar bir biri bilan qo‘shilganda qo‘shilish sanasiga tuzilgan balans.
Ajratish balansi – bu korxona ixtiyoridan mustaqil boshqa korxona ajralib chiqganda bir – biriga mablag‘larni topshirish va qabul qilish sanasiga tuzilgan balans.
Ma’lumotlarni jamlash darajasiga ko‘ra balans yig‘ma va alohida balans turlariga bo‘linadi.
Yig‘ma balans - bu bir tizim korxonalari balanslari moddalarini gorizontal holda jamlash natijasida tuzilgan balans, masalan trest, konsern, kompaniya, vazirlik va shu kabi yuqori organlar tomonidan tuzilgan balans.
Alohida balans –bu har bir ho‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tuzilgan balans.
O‘z qaramog‘ida sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lgan bosh korxonalar konsolidatsiyalashtirilgan balans tuzadilar. Bu balansni mohiyati va tuzish tartibiga 13- bobda to‘xtalamiz.
Subektlarni moliyalashtirilishiga qarab balans bir biridan tubdan farq qiladigan davlat byudjetidagi muassasalar balansi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar balansiga bo‘linadi.
Hisob ma’lumotlarini jamlash sikllariga ko‘ra sinov balansi, tuzatilgan sinov balansi va oxirgi yakuniy balans turlarini ajratish mumkin.
Sinov balansi – bu vaqtinchalik schetlar yopilmasdan tuzilgan, shuningdek 1 yanvargacha ayrim schetlar bo‘yicha hisob-kitoblar ma’lum sabablarga ko‘ra oxirigacha amalga oshirilmagan holda tuzilgan dastlabki balans. Bunday balansni tuzish tartibi chet el korxonalari amaliyotida keng tarqalgan.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling