I-bo‘lim. «O‘z mablag‘larining manbai». Ushbu bo‘limda ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda va xususiy kapitalning boshqa elementlarining qoldiq summalari ko‘rsatiladi.
II-bo‘lim. «Majburiyatlar». Ushbu bo‘limda korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qarzlarining qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya balansida bo‘limlar bo‘yicha ma’lumotlar alohida qatorda, ikkala bo‘lim summalarining yig‘indisi alohida qatorda aks ettiriladi.
Ayrim moddalar bo‘yicha qavs ichida o‘zaro ayirmalar ko‘rinishida ko‘rsatilgan schetlar ularning birinchisini summasidan ikkinchisini summasini ayirib tashlagandan keyin qoladigan summani shu qatorga yozishni bildiradi . Bundan tashqari buxgalteriya balansida ma’lumotlar mos ravishda hisobot davr boshiga va hisobot davr oxiriga alohida ustunlarda ko‘rsatiladi. Bu balans
moddalaridagi o‘zgarishlarni vizual nazorat qilib borish imkonini beradi (2-ilovaga qarang).
Buxgalteriya balansi to‘g‘risida tasavvurni ravshanlashtirish uchun quyida uning qisqartirilgan shakli va tarkibi shartli ma’lumotlar bilan keltirilgan.
«Bahor» xususiy korxonasining buxgalteriya balansi
(ming sum hisobida)
Do'stlaringiz bilan baham: |