K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Buxgalteriya hisobi schyotlarining tuzilishi va yuritilishi


Download 1.67 Mb.
bet30/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Buxgalteriya hisobi schyotlarining tuzilishi va yuritilishi. Amaliyotda buxgalteriya hisobi schyotlari kitoblar, jurnallar, memorial-orderlar, vedomostlar, kartochkalar ko‘rinishida qo‘lda yoki zamonaviy kompyuterlarning ekranlarida yuritiladi. Ushbu hujjatlar buxgalteriya hisobi schyotlarining registrlari hisoblanadi. Registrlar ko‘rinishida yuritiladigan buxgalteriya hisobi schyotlari yozuvlarni tartib bilan tizimlash uchun ikki tomonga ajratiladi – chap va o‘ng tomonlarga. Schyotlarning chap tomoni «debet», o‘ng tomoni esa –
«kredit» deb ataladi.2 Har bir schyot ichki tomondan to‘rtta elementni o‘z ichiga oladi:

  • Bosh qoldiq –bu schyot bo‘yicha hisobot davri boshidagi qoldiq summa. Buxgalterlar tilida uni «bosh saldo» ham deb ataydilar.

  • Debet oborot –bu schyotning debet tarafiga yozilgan summalarning yig‘indisi. Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga ko‘payganligini bildiradi, passiv schyotlarda esa - hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi.

  • Kredit oborot - bu schyotning kredit tarafiga yozilgan summalarning yig‘indisi. Aktiv schyotlarda ushbu oborot hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi, passiv schyotlarda esa - hisobot davrida schyotning bosh qoldig‘i summasini jami qanchaga ko‘payganligini bildiradi.

  • Oxirgi qoldiq - bu schyot bo‘yicha hisobot davri oxiridgi qoldiq summa. Buxgalterlar tilida uni «oxirgi saldo» ham deb ataydilar.

Shunday qilib, buxgalteriya hisobi schyotlarini grafik ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin.
Schyotlarga ochilgan registrlarda buxgalteriya hisobi ob’ektlari to‘g‘risida ni aks ettirish tartibi quyidagicha qabul qilingan
AKTIV SCHYOT PASSIV SCHYOT


Bosh qoldiq (Bq) Bosh qoldiq ( Bq)


Ko‘payishi ( + ) Kamayishi ( - ) Kamayishi (-) Ko‘payishi ( + )


D ebet oborot (Do ) Debet oborot(DO) Kredit oborot (Ko)

O xirgi qoldiq (Oq) Oxirgi qoldiq (Oq)


Aktiv va passiv schyotlarda davr oxiridagi qoldiq summa quyidagi matematik algortmlar yordamida topiladi:




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling