K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
- son BXMS ga muvofiq schyotlar rejasining tarkibiy tuzilishi
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Joriy aktivlar
- III. Majburiyatlar
- Buxgalteriya hisobi schyotlari
21- son BXMS ga muvofiq schyotlar rejasining tarkibiy tuzilishi
Buxgalteriya hisobi schyotlarining tasnifi. 21- son BXMS ga muvofiq buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schyotlar quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflanadi ( 5- chizmaga qarang). Buxgalteriya hisobi schyotlari
1.Doimiy schyotlar
Balansda joylashishiga ko‘ra 1.Aktiv schyotlar 2.Kontaktiv schyotlar 3.Passiv schyotlar 4.Kontrpassiv schyotlar Balans valyutasiga kiritilishiga ko‘ra 1.Balans schyotlari 2.Balansdan tashqari schyotlar Ma’lumotlarni jamlash darajasiga ko‘ra 1.Sintetik schyotlar 2.Analitik schyotlar 5-chizma. Buxgalteriya hisobi schyotlarini tasniflash asoslari Doimiyligiga ko‘ra buxgalteriya hisobi schyotlari doimiy va tranzit schyotlarga bo‘linadi. Doimiy schyotlar deganda hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo‘ladigan va buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlarni hisobga olishga mo‘ljallangan schyotlar tushuniladi. Tranzit schyotlar deganda hisobot davrida korxonaning daromad va harajatlarini hisobga olish uchun qo‘llanilib, hisobot davrining oxirida yopilib ketadigan va qoldiqqa ega bo‘lmaydigan schyotlar tushuniladi. Balans tomonlarida joylashishiga ko‘ra buxgalteriya hisobi schyotlari aktiv, kontraktiv, passiv, kontrpassiv schyotlarga bo‘linadi. Aktiv schyotlar – korxona aktivlarini aks ettirishga muljallangan schyotlar. Passiv schyotlar – korxona aktivlarini tashkil topish manbalarini ko‘rsatuvchi xususiy kapital va majburiyatlarni aks ettirishga muljallangan schyotlar. Kontraktiv schyotlar – korxona aktivlarining sof qiymatini topishda chegirib tashlanadigan summalarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyotlar. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling