K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet29/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Kontrpassiv schyotlar – korxonaning xususiy kapitali va majburiyatlarining sof qiymatini topishda chegirib tashlanadigan summalarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyotlar.


Balansga summasi kiritilishiga ko‘ra buxgalteriya hisobi schyotlari balans va balansdan tashqari schyotlarga bo‘linadi.
Balans schyotlari –bu qoldiqlari balansga kiritiladigan schyotlar. Aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni aks ettirishga mo‘ljallangan barcha schyotlar balans schyotlari hisoblanadi.
Balansdan tashqari schyotlar – korxonada vaqtinchalik saqlanayotgan, foydalanilayotgan, lekinda unga tegishli bo‘lmaganligi uchun balansga kiritib bo‘lmaydigan aktivlarni, shartli huquq va majburiyatlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyotlar.
Ma’lumotlarni jamlash darajasiga ko‘ra buxgalteriya hisobi schyotlari sintetik va analitik schyotlarga bo‘linadi.
Sintetik schyotlar – bu ma’lumotlarni faqat pul ifodasida qayd etib va jamlab beruvchi schyotlar. Ular asosida yuritiladigan hisob sintetik hisob deb ataladi. 21- son BHMSda ko‘rsatilgan barcha schyotlar sintetik schyotlar hisoblanadi. Demak, davlat tomonidan faqat sintetik schyotlar reglamentlash-tiriladi.
Analitik schyotlar – bu ma’lumotlarni turli batafsilliklarda va turli o‘lchov birliklarida qayd etib va jamlab beruvchi schyotlar. Ushbu schyotlar asosida yuritiladigan hisob analitik hisob deb ataladi. Analitik schyotlar korxonalar tomonidan mustaqil ravishda ochiladi va yuritiladi. Analitik schyotlar summalarining yig‘indisi sintetik schet summasiga teng bo‘lishi lozim. Masalan, korxonaning № 6010 «Ta’minotchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» sintetik schyotida aks ettirilgan jami qarzlarining summasi ushbu schyotga ochilgan
analitik schyotlar (ushbu holda alohida ta’minotchilar) ning qarzlari summasining yig‘indisidan iborat bo‘lishi kerak.
21- son BHMS ga muvofiq schyotlar 4 xonali sonlar bilan raqamlanadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini kompyuterlarda yuritishda ushbu raqamlarni seriyalarga ajratish muhim rol o‘ynaydi. Jumladan, moliyaviy hisobot shakllarini tuzish uchun schyotlarning 4 xonali sonlaridagi birinchi ikkitasi yetarli hisoblanadi, chunki aynan shu birinchi ikkita raqamlar hisobotda aks etuvchi ko‘rsatkichlarning umumiy summalarini ifodalaydi, masalan 01- seriyali raqam asosiy vositalar bo‘yicha yuritiladigan barcha sintetik schyotlarning ( 0110-0199) ma’lumotlarini , 90- seriyali raqam sotishdan olingan daromadlar bo‘yicha yuritiladigan barcha sintetik schyotlarning ( 9010-9030) ma’lumotlarini jamlab beradi.
21- son BHMS sifatida tasdiqlangan schyotlar rejasi kitobga 1- ilova qilib keltirilgan.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling