K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujjatlarni standartlashtirish
Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish deganda bir xil mazmundagi operatsiyalarni barcha korxonalarda yagona shakl va mazmundagi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi tushuniladi. Masalan, 1998 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida tovar-moddiy zahiralarni sotish va sotib olish operatsiyalarini faqatgina tasdiqlangan yagona shakldagi schet –faktura bilan rasmiylashtirish tartibi qo‘llaniladi. Xuddi shunday tartib kassadagi va banklardagi pul mablag‘lari va boshqa aktivlarga doir operatsiyalarni hujjatlashtirishda ham ishlatiladi.
Hujjatlarni standartlashtirish deganda bir xil nomdagi hujjatlar uchun yagona razmer va shakllarni o‘rnatilishi tushuniladi. Yuqorida aytilgan schet-faktura va boshqa hujjatlar standart hujjatlarga misol bo‘la oladi. Buxgalteriya hisobi hujjati deb tan olinishi uchun hujjat ma’lum talablarga javob berishi lozim. Bu talablarga quyidagilar kiradi: 1.Hujjat aniq rekvizitlarga ega bo‘lishligi va bu rekvizitlar to‘lig‘icha ko‘rsatilgan bo‘lishligi kerak. Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan hujjatlarning asosiy rekvizitlariga quyidagilar kiradi: Hujjatning nomi; Hujjatning tartib raqami Hujjatning tuzish sanasi Operatsiyada qatnashuvchi tomonlarning nomi, adresi, telefoni, bank rekvizitlari, soliq to‘lovchi sifatidagi identifikatsion raqami (STIR); Yuz bergan operatsiyaning mazmuni; Rahbar va bosh hisobchining familiyasi, ismi – sharifi; Operatsiyaga asos bo‘lgan hujjat (masalan, ishonchnomaning nomeri va sanasi); Operatsiyada bevosita qatnashgan shaxslarning familiyasi, ismi- sharifi. 2.Hujjat imzolangan bo‘lishi kerak (rahbar, bosh hisobchi va operatsiyalarda qatnashgan boshqa shaxslar tomonidan). 3.Hujjat korxonaning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 4.Hujjat qalam bilan tuzilmagan bo‘lishi kerak; 5.Hujjatning barcha nusxalari bir xil bo‘lishi lozim. Ushbu talablarning birontasiga amal qilinmay tuzilgan hujjat to‘liq yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. Buxgalteriya hisobida juda ko‘p nomdagi va sondagi hujjatlar tuziladi. Shuning uchun hujjatlar aylanishini to‘g‘ri tashkil etish, ularni belgilangan muddatlarda korxonada saqlash va davlat arxiviga belgilangan tartiblarda topshirish o‘ta muhim hisoblanadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling