K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet34/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

2.5.Hujjatlashtirish

Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan yana bitta farqli xususiyati shundaki, unda aks ettirilgan xo‘jalik operatsiyalari qat’iy hujjatlashtirilgan bo‘ladi, ya’ni hisobda aks ettirilgan ma’lumotlar hujjatli asosga ega bo‘ladi. Bu o‘z navbatida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini muhimliligini, ishonarliligini, yuridik kuchga ega ekanligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining muhim usuli hisoblanadi.


Hujjatlashtirish – bu xo‘jalik operatsiyalarini ma’lum bir hujjatlar bilan rasmiylashtirish usuli.
Hujjat – bu ho‘jalik operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi yoki ularni kelgusida yuz berishiga asos bo‘luvchi yozma guvohnoma. Masalan, tovar-moddiy boyliklarni haqiqatda sotilganligi yoki olinganligiga schet-fakturalar, pulni kassaga olinganligiga kirim kassa orderi guvoh hisoblanadi. Boshqa bir hujjatlar xo‘jalik operatsiyalarini kelgusida yuz berishiga asos bo‘ladi, masalan berilgan ishonchnoma shu shaxs tomonidan boshqa korxonadan tovar-moddiy boyliklarni qabul qilib olishiga, chek esa kassirga pulni bankdan naqd olishga huquq beradi.
Buxgalteriya hisobida juda ko‘p turdagi hujjatlar ishlatiladi. Ularni turli belgilariga qarab tasniflash mumkin ( 6-chizmaga qarang ).
Maqsadiga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari guvohlik beruvchi, farmoyish beruvchi, farmoyish va guvohlik beruvchi, buxgalterlik hisob-kitoblarini aks ettiruvchi turlarga bo‘linadi.
Guvohlik beruvchi hujjatlar deganda, yuqorida aytib o‘tganimizdek, xo‘jalik operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi hujjatlar tushuniladi.
Farmoyish beruvchi hujjatlar deganda u yoki bu harakatni kelgusida amalga oshirishga farmoyish beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, inventarizatsiya o‘tqazish to‘g‘risida farmoyish, tovarni olib kelush uchun berilgan ishonchnoma va shu kabilar.
Farmoyish va guvohlik beruvchi hujjatlar deganda bir vaqtning o‘zida xo‘jalik operatsiyasini amalga oshirishga berilgan farmoyishni ifodalovchi, ham bu farmoyish asosida haqiqatda yuz bergan xo‘jalik operatsiyasiga guvohlik beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, kassa chiqim orderi bir vaqtning o‘zida pulni berilishi uchun tuzilgan rahbariyatning farmoyishini, shuningdek shu farmoyish asosida pulni haqiqatda kimgadir berilganligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi hujjat hisoblanadi. Pul cheki ham xuddi shunday hujjat hisoblanadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling