6-chizma. Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan hujjatlarni tasniflash asoslari
Yig‘ma hujjatlar deganda boshlang‘ich hujjatlar asosida tuzilgan va ularning ma’lumotlarini ma’lum davr uchun jamlab beradigan hujjatlar tushuniladi. Bunday hujjatlarga moddiy hisobotlar, avans hisobotlari, tovar-pul hisobotlari, bank ko‘chirmalari va boshqalar kiradi.
Aks ettirish usullariga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari bir marotaba yuz bergan va ko‘p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiradigan hujjatlarga bo‘linadi.
Bir marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar deganda faqat bitta operatsiyani u yuz bergan vaqtda aks ettiruvchi hujjatlar tushuniladi, masalan, pulni kassaga kirim qilganda tuzilgan kirim kassa orderi, tovar jo‘natilganda tuzilgan schyot- faktura va shu kabi hujjatlar.
Ko‘p marotaba yuz bergan operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar deganda bir xil mazmundagi va ko‘p takrorlanib tutuvchi xo‘jalik operatsiyalarni ma’lum bir davrda (masalan xafta , o‘n kunlik, bir oy ichida) bitta hujjat bilan rasmiylashtiruvchi hujjatlar tuquniladi, masalan ombordan ishlab chiqarishga har kuni beriladigan materiallar bir hafta, o‘n kun yoki bir oyga ochilgan bitta zabor listi bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday hujjatlar boshlang‘ich hujjatlar sonini kamayishiga, ularni tuzish va ishloviga ketadigan vaqtni anchagina tejalishiga olib keladi.
Tuzilgan joyiga ko‘ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi.
Ichki hujjatlar deb korxonaning o‘zida tuzilgan, tashqi hujjatlar deb esa korxonaga chetdan kelib tushgan hujjatlar tushuniladi. Masalan, tayyor mahsulotni jo‘natishda tuzilgan schyot-faktura ichki, materiallarni ta’minotchilardan kelib tushganligini ko‘rsatuvchi schyot-faktura esa tashqi hujjat hisoblanadi.
Tuzish usullariga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari qo‘lda va kompyuterlarda tuzilgan hujjatlarga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan hujjatlar shakl va mazmuniga ko‘ra unifikatsiyalashtirish va standartlashtirish talablariga javob berishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |