K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


Download 1.67 Mb.
bet44/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

Bosh buxgalter – korxona rahbari tomonidan hisob xizmatiga rahbarlikga tayinlangan shaxs.
Bosh buxgalterning huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi Nizomda alohida aks ettiriladi. Bosh buxgalter korxona rahbaridan keyin hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega bo‘lgan ikkinchi shaxs hisoblanadi. U rahbar bilan birga davlat qonunlari oldida javob beradi, xato va kamchiliklar uchun ma’muriy, moliyaviy va jinoiy javobgarlikga tortiladi. Buxgalteriyaning tarkibiy tuzilishi, buxgalteriya xodimlarining iyerarxik bo‘ysinishi 7-chizmada keltirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ikkinchi shakli kichik biznes korxonalariga (firmalar, xususiy korxonalar va boshqalar) taalluqli. Bu turdagi korxonalarda xodimlar soni kam, ish hajmi katta bo‘lmaganligi uchun maxsus buxgalteriya tashkil etilmaydi, lekinda buxgalteriya hisobini yuritish uchun aloxida shaxs (buxgalter) bilan mehnat shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnomaga muvofiq buxgalter ishga asosiy xodim sifatida yoki o‘rindosh sifatida buyruk asosida qabul qilinishi mumkin. Ushbu shaklda buxgalteriya hisobini yuritish yuklatilgan buxgalter bosh buxgalterning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklariga ega bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil kilishning uchinchi shakli kichik va o‘rta biznes korxonalariga taalluqli bo‘lib, ular o‘zlarida hisob xizmati bo‘limini tuzmaydilar, buxgalteriya hisobini yuritish vakolati shartnoma asosida maxsus ixtisoslashgan buxgalterlik (auditorlik) firmalariga yoki korxonaning birlashmasi qoshidagi markaziy buxgalteriyasiga berilgan bo‘ladi. Ushbu shaklda buxgalteriya hisobi ma’lumotlaring realligiga shartnoma asosida har ikkala tomon belgilab qo‘yilgan tartiblarga asosan javob beradilar.












Bosh buxgalter





















































Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling