K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit


-chizma.Memorial-order shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi


Download 1.67 Mb.
bet47/277
Sana18.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1707960
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   277
Bog'liq
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов

9-chizma.Memorial-order shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi

Boshlang‘ich hujjatlar



Kassa kitobi



Qaydnoma-lar

Xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish jurnali







Bosh kitob





Moliyaviy hisobot shakllari




10-chizma. Ixchamlashtirilgan shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi

Boshlang‘ich axborotlar



Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish





Ma’lumotlar bazasi





Natijaviy ma’lumotlarni chiqarishga mo‘ljallangan rejimlar bo‘yicha ishlash va ularni shakllantirish







Analitik hisob mashino-grammalari



Sintetik hisob mashino-grammalari

Moliyaviy hisobot shakllari


11- chizma. Kompyuterlashtirilgan shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi


5.Kartochkalar - bular xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan va alohida hisob varaqalari sifatida qalin qog‘ozga yoki karton qog‘ozga tipografik usulda ma’lum shaklda tayyorlangan registrlar. Ularga misol etib ombor hisobi kartochkasini, xodimning shaxsiy scheti kartochkasini, avtomobillar ishi hisobi kartochkasini va boshqalarni keltirish mumkin.
6.Mashinogrammalar - bular zamonaviy kompyuterlarda tegishli algoritmlar va dasturlar asosida shakllangan analitik va sintetik hisob, shuningdek moliyaviy hisobot registrlari. Mashinogrammalar buxgalteriya hisobining kompyuterlashtirilgan shaklini asosini tashkil etadi.
Turli hisob registrlariga asoslangan buxgalteriya hisobining turli shaklida ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va jamlash o‘ziga xos xususiyatlarga ega (8,9,10,11- chizmalarga qarang). Shuning bilan birga barcha hisob shakllarida ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish va jamlash quyidagi umumiy ketma ketlikda amalga oshiriladi :
1.Barcha yuz bergan va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xo‘jalik operatsiyalari schetlarga ochilgan analitik va sintetik hisob registrlarida (hisobotlar, qaydnomalar, jurnal-orderlar, memorial -orderlar) xronoligik tarzda qayd etiladi. Ko‘p martalab yuz beradigan operatsiyalar dastlab jamlovchi qaydnomalarga o‘tqaziladi, ularning jamlangan ma’lumotlari esa oy oxirida jurnal-orderlarga (memorial-orderlarga, analitik hisob mashinogrammalariga ) o‘tqaziladi.
2.Jurnal-orderlar, memorial-orderlar, analitik hisob mashinogrammalari, qaydnomalarning yig‘ma ma’lumotlari Bosh kitobga o‘tqaziladi.
3.Bosh kitob ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllari tuziladi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga buxgalteriya hisobini yuritishda soddalashtirilgan shaklni qo‘llash ruxsat etilgan. O‘zbekiston Respublikasida ushbu hisob shaklining registrlari, ularni tuzish tartibi 20-son BXMS bilan belgilangan. Boshqa turdagi korxonalar buxgalteriya hisobini o‘zlarining hisob siyosatlarida ko‘rsatilgan shaklda olib boradilar.


O‘z-o‘zini sinash uchun test savol-javoblari





  1. Download 1.67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling