2.Jurnal-orderlar – bu ma’lumotlarni schetlarning krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar. Aynan jurnal-orderlar Bosh kitobning kreditida jamlangan holda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni barcha korrespondensiyalanadigan debet schetlar bo‘yicha aks ettiradi, ya’ni jurnal-orderlar Bosh kitobning to‘ldiruvchisi, davomi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi schetlari bo‘yicha turli jurnal –orderlarni yuritish ko‘zda tutilgan, masalan 50 «Kassa» schyoti bo‘yicha №1, 51 «Hisob-kitob scheti» bo‘yicha № 2, 60 «Ta’minotchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» scheti bo‘yicha № 6, shuningdek boshqa schetlar bo‘yicha boshqa jurnal-orderlar yuritiladi. Jurnal-orderlar buxgalteriya hisobini jurnal-order shaklining asosini tashkil etadi.
3.Qaydnomalar –bu schetlarning debeti bo‘yicha analitik hisobni olib borishga mo‘ljallangan registrlar. Qaydnomalar ham turli schyotlar bo‘yicha har xil shakl va mazmunda yuritiladi.
4.Memorial-orderlar - bu ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida schetlarning ham debeti, ham krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar. Ushbu registrlar buxgalteriya hisobini memorial-order shaklining asosini tashkil etadi.
Boshlang‘ich hujjatlar
Analitik
hisob registrlari
Kassa
kitobi
Jurnal-orderlar
Bosh kitob
Moliyaviy hisobot shakllari
8-chizma. Jurnal-order shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi
Boshlang‘ich hujjatlar
Kassa kitobi
Analitik hisob registrlari
Memorila orderlar
Bosh kitob
Moliyaviy hisobot shakllari
Do'stlaringiz bilan baham: |