K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va audit
Download 1.67 Mb.
|
Бухгалтерия хисоби ва аудит Уразов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’mi-not jarayoni hisobi bo‘limi Ishlab chiqa-rish jarayoni hisobi bo‘limi
- Ish xaqi va unga doir hisob-kitoblar bo‘limi Yig‘ma hisob bo‘limi
- 3.3. Korxonada hisob ma’lumotlarini yig‘ish, qayd etish va jamlash
7-chizma. Korxona buxgalteriyasining taxminiy tarkibiy tuzilishi Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning to‘rtinchi shakli xususiy tadbirkorlarga taalluqli bo‘lib, ular qonun bo‘yicha hisob-kitoblarini o‘zlari mustaqil olib boradilar. Bu turdagi xhjalik yurituvchilarda rahbar va bosh buxgalter sifatida hujjatlarga xususiy tadbirkorning o‘zi imzo chekadi. Hisob va hisobotning realligi uchun Qonun oldida yakka tadbirkorning o‘zi javob beradi. 3.3. Korxonada hisob ma’lumotlarini yig‘ish, qayd etish va jamlash Korxonada hisob ma’lumotlarini yig‘ish, qayd etish va jamlash hisob siyosatida aks ettirilgan shakl va registrlar yordamida amalga oshiriladi. Hisob shakli – bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va yig‘ishda qo‘llaniladigan registrlarning tizimli majmuasi. Buxgalteriya hisobi amaliyotida uning jurnal –order, memorial-order, kitob-jurnal , bosh jurnal, kompyuterlashtirilgan , ixchamlashtirilgan shakllari mavjud va ular halq xo‘jaligining turli tarmoq va sohalarida qo‘llanilib kelinmoqda. Hisob registrlari – bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilar. Amaliyotda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda qo‘llanilayotgan axborot tashuvchilarni nomi, shakli, maqsadi, yuritilish tartibi va boshqa jihatlariga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1.Kitoblar –bular xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan hisob varaqalarini o‘z ichiga olgan, muqovalangan va tikilgan hisob registrlari. Ularga misol etib Kassa kitobini, Bosh kitobni, ish haqi haqi kitobini, asosiy vositalar hisobi kitobini, kelib tushgan yuklarni qayd etish kitobini va boshqalarni keltirish mumkin. Ushbu hisob registrlarining afsalligi shundaki, ular u yoki bu ma’lumotlarni bir necha hisobot davri uchun o‘zida mujassamlashtiradi, bu ma’lumotlarni yo‘qolib ketmasligiga, yaxshi saqlanishiga imkon beradi. Shu bilan birga ular faqat qo‘lda yuritishga mo‘ljallangan, zamonaviy kompyuterlarning imkonlaridan bu kitoblarni aynan shu ko‘rinishida uchun foydalanib bo‘lmaydi. Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan kitoblar ichida muhim rolni Bosh kitob o‘ynaydi. Ushbu kitob hisobot yilining boshida ochiladi, unda har bir schetga alohida varaq ajratiladi. Kitobga yozuvlar oyma-oy ularga ajratilgan qatorlarda ko‘rsatiladi. Bosh kitobda schetlarning debet tomoni yozuvlari barcha korrespondensiyalanadigan kredit schetlar bo‘yicha aks ettiriladi, kredit tomoni yozuvlari jamlangan holda ko‘rsatiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling